Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz koni yaqin atrofda yaşayotganlarning soğliğiga xavf solmoqda. Hududda yaşovçi insonlarning aytişiça, bolalar orasida allergik kasalliklarga çaliniş holatlari oşgan. Ayrimlar viloyatning boşqa tumanlariga köçib ketgan, boşqalar esa har ehtimolga qarşi özlari uçun joy hozirlab qöygan.

Boysun tumanida joylaşgan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida vaziyat hali ham barqaror emas. Buni 18 yanvarda kondan olingan videotasvirlar ham körsatgan edi. Kun.uz holatni örganiş maqsadida gaz konida böldi.

Yirik quduq atrofida katta-kiçik önlab tirqişlar paydo bölgan va ular yonib turibdi. Ularga yaqinlaşganda, gaz kuçli bosim bilan yonayotganini köriş, kon hududi böylab yurganda esa badböy hidni seziş mumkin.

Kofrun qişloği odamlari mas’ullarning vaziyatga befarqligidan xavotirda. Şu yerda yaşovçi fuqaroga köra, IIO xodimlari OAV va blogerlarga intervyu berayotganlarga turli bosimlar ötkazyapti. Bu ayrim blogerlarning yuzni körsatmaslik va’dasini buzgani ortidan kelib çiqmoqda. Şu sababmi, ba’zilar intervyu berişni istamadi.

“Bir bloger kelgan edi, çiqaramiz-çiqaramiz degandi, uniyam çiqarmadi. Keyin bir kelinçakni siquvga oldi, oilamni siquvga oldi. Xotinim vaziyatni gapirib berdi. Keyin uni IIB xodimlari çaqirdi. Söngra u şifoxonaga tuşib qoldi. Şundan beri gapirişdan qörqaman. Gaz holati bor, ertalab, keçqurun kelib turadi, yerdan çiqayotgani xavfli ekan”, deydi Kofrun qişloğida yaşovçi fuqarolardan biri.

Obodonlaştiriş boşqarmasi xodimining aytişiça, odatda gaz hidi şamol kötarilgan payti kelib turadi.

“Oldin gaz hididan bezovta bölardik, hozir örganib ham qoldik. Bir xil ovqatni yeyaversangiz, boşida qiynalasiz, keyin örganib ketasiz-ku, buyam xuddi şunday. Lekin baribir zarari bölsa kerak. Mahallaga borsak, yaxşi böladi deydi, öt öçoqlariga yaqinlaşib, vaziyat haqida sörasangiz şu yerdagi nazoratçilar nima işing bor, ket bu yerdan, deb qaytarib yuboradi”, deydi u.

Örganiş davomida bir neça fuqarolar öt öçoqlari, gaz hidi özlariga salbiy ta’sir qilmayotganini aytdi. Boşqa kişilar esa aksinça köp hollarda bolalar allergik kasalliklarga çalinayotgani haqida gapirdi.