Vladimir Putin Ukrainaga uruş boşlaganini tuşuntirişda, ikkita qarama-qarşi qaraş, pozitsiya bor. Bu qaraşlardan biri Rossiyani ma’naviy jihatdan oqlasa, ikkinçisi uni töliq agressor qilib körsatadi.

Tramp va Putinning yaqinlaşuvi fonida, Rossiya-Ukraina uruşi yangi fazaga ötadi. Endi Ukraina faqat Yevropa Ittifoqiga töliq tayana oladi, AQŞ esa neytral pozitsiyaga ötmoqda. Ayni paytda, Tramp Ukrainani Rossiya bilan kelişişga majbur qila olmaydi. Agar Ukraina özining hududiy yaxlitligi uçun uruşni davom ettiraversa, AQŞ Ukrainaga yordam bermasligi mumkin, lekin uruşni töxtatiş borasida ta’sir vositalari juda çeklangan. Yevropa Ittifoqi esa Rossiyadan qörqadi, Ukraina yengilsa, Putin yangi uruş boşlaydi deb işonadi.

Mana şu fonda Putinning asl motivlari nima edi, degan savol har doimgidan ham dolzarb. Çunki Ukraina uruşi tugaşi yoki past intensivlikka ötişi mumkin bölgan vaziyatda, keyinçalik nimalar bölişini Putinning içki motivlari belgilab beradi.

Demak, şu paytga qadar, ikkita qarama-qarşi motivlar haqida gapirildi.

AQŞlik taniqli olim Jon Mirşaymer, yoki Kolumbiya universiteti taniqli professori Jyeffri Saks kabi olimlar “Putin faqat NATOning kengayişidan qörqyapti, lekin SSSRni tiklaş degan gap – nojiddiy” degan qatiy fikrda. Bu olimlar köp yillardan buyon uşbu qaraşini aytib kelişadi.

Ikkinçi, lekin nisbatan juda keng tarqalgan qaraş şuki, “Putinning asl maqsadi – aslida SSSRni u yoki bu körinişda tiklaş, NATO – bu şunçaki bahona”. Bu qaraş tarafdorlari – köplab ekspertlar, siyosatçilar, davlatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqidagi eng asosiy meynstrim qaraş mana şu hisoblanadi. Uşbu qaraşni asoslovçi Putinning bayonotlari ham kam emas. Misol uçun, Putinning “20-asrdagi eng katta geosiyosiy fojia – bu SSSRning qulaşi böldi” va şunga öxşaş gaplari, ikkinçi qaraş tomonlari tomonidan dalil sifatida keltiriladi. Tabiiyki, Putin özini oqlaş uçun “SSSRning qulaşini fojia deb aytganman, lekin SSSRni tiklaş – xomxayol” degan bayonotlar ham berib qöygan.

Xöş, Vladimir Putin qaysi motiv bilan Ukrainaga bostirib kirdi, va bu uruş tugagaç qolgan davlatlarni nima kutadi?

Nazarimda, ikkala motiv ham Putinning asosiy motivlari hisoblanadi. Birlamçi vazifa, yoki “minimum vazifa” – bu NATOning kengayişiga imkon bermaslik edi. Çunki tarixan NATO – SSSRga va uning özagi hisoblanmiş Rossiyaga qarşi tuzilgan taşkilot. Gorbaçev, Yelsin davrida ham, Putin davrida ham NATO Rossiya uçun tahdid sifatida körilgan, köriladi. Rossiya özini qurşovga olinayotgan deb his qiladi. 2008 yilda, AQŞ prezidenti Jorj Buş tomonidan Ukraina va Gruziya NATOga rasman taklif qilingaç, bu Putinning jiddiy noroziligiga sabab bölgan edi.