Tabiiy gaz uçun isitiş mavsumida belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qonunçilikka köra, 1 martdan boşlab isitiş mavsumida tabiiy gaz uçun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 100 kubometrga tuşirilişi belgilangan edi.
«Biroq, mart oyida havo haroratining pasayişi, ayrim kunlari tunda va kunduzi 0°C darajadan tuşişi va odatdagidan sovuqroq bölişi kutilmoqda. Aholi uçun qulaylik yaratiş maqsadida, Davlatimiz rahbarining topşiriğiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan isitiş mavsumi uçun belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 2025 yil 1 apreliga qadar uzaytirildi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, imtiyozli davrda (noyabr-fevral oylari) aholi tabiiy gaz uçun quyidagi şkala böyiça tölov qilişi belgilangan:
- oyiga 500 kub metrgaça — 650 söm;
- oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgaça — 1500 söm;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgaça — 1950 söm;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgaça — 2275 söm;
- oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori — 2600 söm.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida imtiyozli davr oktabr – fevral oylari hisoblanadi.

















