Urgutga temiryo‘l liniyasi tortiladi
Yangi temiryo‘l liniyasi Jomboy, Toyloq, Samarqand va Urgut tumanlari hududidan o‘tadi.

Foto: Urgut tumani hokimligi
Jomboy tumanidan Urgut tumaniga yangi temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, uzunligi 50 kilometrdan ortiq bo‘lgan yangi tarmoq “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘yicha zamonaviy mucandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etiladi.
Yangi temiryo‘l tarmog‘i Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanadi va 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib o‘tib, Zarafshon daryosi bo‘ylab davom etadi. Daryoda maxsus temiryo‘l ko‘prigi barpo etiladi.
So‘ng Toyloq va Samarqand tumanlari davom ettirilib, Urgut tumaniga boradi. Temiryo‘l o‘tadigan Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarining aholi gavjum hududlarida bekatlar tashkil etiladi.
Masalan, Tojikiston bilan chegaradosh Urgut tumanida joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yaqinida bekat quriladi. Bu esa tojikistonliklarga yurtimiz bo‘ylab temiryo‘l orqali ham sayohat qilish imkonini beradi.
“Mazkur yangi tarmoq yurtimiz temiryo‘l sohasidagi yirik loyihalardan biri. Bu orqali nafaqat “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi korxonalarining transport tarmog‘i yaxshilanadi, shu bilan birga aholi uchun qulaylik yaratiladi, hududda sayyohlik rivojlanadi”, deydi “Temiryo‘l loyihasi” MChJ direktori Rasuljon Ro‘ziyev.
Qayd etilishicha, yangi temiryo‘l qurilishiga start berilgan va unda transport vaziri Ilhom Mahkamov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va boshqa mas’ullar ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, qariyb 600 ming aholi yashayotgan va minglab korxonalar joylashgan Urgut tumaniga shu paytgacha temiryo‘l liniyasi tortilmagan.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada siniq guldon 60 ming dollarga sotildi
Jahon | 20:31
-
Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
O‘zbekiston | 20:30
-
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
Jamiyat | 19:27
-
«Telegram hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagan» – Durov Fransiya parlamenti qarorini olqishladi
Jahon | 19:22
Mavzuga oid

22:21 / 08.04.2025
Poyezd yo‘lovchisi vagon derazalari changligidan shikoyat qildi. Tozalikka mas’ul ikki xodim ishdan olindi

20:13 / 08.04.2025
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi

12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi

12:52 / 31.03.2025