4-5 mart kunlari Gurjiston bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Hukumat portali xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tashrif dasturidan qator ikkitomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.
Aslida Kobaxidze tashrifi 20−22 fevral kunlariga reja qilingandi. Biroq, tashrif nega qoldirilgani haqida ma’lumot berilmadi.















