2022 yil iyul oyidan Ohangaron şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Karimov Zufar Olimjonoviç işdan ketdi. Ohangaron şahar hokimi Muzaffar Rajabboyevning 2025 yil 3 martdagi qarori bilan Zufar Karimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Qarorda Karimovning işdan olinişiga asos sifatida uning arizasi hamda Mehnat kodeksining 160-moddasi (xodimning taşabbusiga köra mehnat şartnomasini bekor qiliş) keltirilgan.
Zufar Karimov avvalroq Kun.uz suriştiruvida tilga olingandi.
2007 yilda odam öldirişga suiqasd jinoyatida ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan hamda 2024 yil oktyabr oyi oxirida ozodlikka çiqqan Rustam Qurbonov Kun.uz’ga murojaat qilib, jazo muddatining ilk yillarida Ohangaron şahridagi uyini tanişi Zufar Karimov sudning hal qiluv qarori bilan öz nomiga rasmiylaştirib olganini aytgandi.
Nizoli xonadonning Rustam Qurbonovdan Zufar Karimovga ötişi fuqarolik işlari böyiça Ohangaron sudining 2008 yil 17 sentabrdagi hal qiluv qarori bilan asoslantirilgan. Işni öşa paytda fuqarolik işlari böyiça Ohangaron tumanlararo sudi raisi bölgan Abdurahmon Safayev körib çiqqan.
Hal qiluv qaroriga köra, da’vogar Zufar Karimov sudga javobgar Rustam Qurbonovga nisbatan Ohangaron şahri 1-kiçik tuman 51-uyning 2-xonadoni oldi-sotdi bitimini haqiqiy deb topiş töğrisida da’vo arizasi kiritgan. Sudda Zufar Karimov xonadonni 2004 yil 14 aprelda egasi Rustam Qurbonovdan 2 ming AQŞ dollariga sotib olganini, bunga guvohlari borligini, Qurbonov tilxat yozib berganini aytgan.
Sudda kvartira egasi iştirok etmagan: şov-şuvli jinoyat sodir qilib uzoq muddatga “kesilgan” odamni “Rossiyaga işlaş uçun ketdi va 4 yildan beri undan xabar bölmadi” deb rasmiylaştirişgan. Sud da’voni qanoatlantirgan.
Işni jamoatçilikka taniş sudya, fuqaroning uyini soxta hujjatlar bilan öz nomiga ötkazib, sotib yuborgan Namangan viloyat sudi raisining sobiq örinbosari Abdurahmon Safayev körgan.

















