2024 yilda 600 ming tupdan ortiq daraxtlar kesilishining oldi olindi - Ekovazirlik
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va hududiy nazorat boshqarmalari inspektorlari tomonidan daraxtlar kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi
2022 yilda qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1669 tani tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 2513 taga yoki 61 foizga kamaygan. 2023 yilda esa qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1097 taga yetib, 2022 yilga nisbatan 572 taga yoki 35 foizga qisqargan.
2024 yilga kelib qimmatbaho daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari 1098 tani tashkil qilgan. Jamoatchilik nazorati va profilaktika tadbirlari doimiy olib borilishi natijasida o‘tgan yil davomida 142 ming 135 tup qimmatbaho daraxtlar, 492 ming 136 tup kam qimmatli daraxtlar, jami 634 ming 271 tup daraxtlar kesilishining oldi olinib, ularning yashovchanligi saqlab qolingan.
Bu boradagi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Ekologiya vazirligi daraxtlarni noqonuniy kesish holatlarini keskin qoralagan va bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qonunga ko‘ra keskin javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
Mavzuga oid

21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi

18:31 / 20.03.2025
Toshkentda zarang daraxtlari sirli ravishda yo‘q qilindi

13:07 / 06.03.2025
Toshkentda daraxtni boshqa joyga ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqaro 13 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

21:53 / 05.03.2025