Davlatlararo munosabatlarni kuzatganda, “ittifoqçilik munosabatlari” haqida eşitib qolişingiz mumkin. Xöş, “ittifoqçilik munosabatlari” nima degani? “Ittifoqçilik”ning huquqiy, yuridik ta’rifi bormi? Davlatlar nima uçun özlariga ittifoqçi davlatlar va munosabatlarni rivojlantirişadi?

Avvalo aytiş kerakki, “ittifoqçilik” borasida yuridik ta’rif mavjud emas. Ittifoqçilik munosabatlari – töliq siyosiy tuşunça, siyosiy mazmun va mohiyatga ega. Ittifoqçilik munosabatlarini örnatayotgan davlatlar, “ittifoqçilik” degan atamaga, özlarining siyosiy an’analari, ehtiyojlari va qaraşlaridan kelib çiqib, ma’no-mazmun berişadi. Şuning uçun davlatlar örtasida örnatilgan “ittifoqçilik” aynan bir xil ma’noni, mazmunni, ohangni va hamkorlikni anglatmasligi mumkin.

Ittifoqçilik munosabatlari – davlatlar örtasidagi munosabatlarning eng yuqorisi, çöqqisi hisoblanadi. Davlatlar, özaro ittifoqçilik munosabatlarini örnatar ekan, bu degani, har qanday ob-havoda – siyosiy va geosiyosiy turbulentlik holatlarida ham, uşbu davlatlar bir-biriga işonadi va işonişi kerak degani böladi. Ular örtasida uruş bölişi mumkin emas, ziddiyatlar va mojarolar ösib bormasligi, agar qandaydir masalalarda muammoli vaziyat paydo bölsa – tomonlar özaro hurmat va döstlik ruhiyatida uşbu muammolarni bemalol hal qilişlari nazarda tutiladi. Qolaversa, “ittifoqçilik” – uni imzolagan davlatlar uçun oğir vaziyatlarda bir-biriga tayanişi mumkin, degan siyosiy ma’noni beradi.

Özbekiston 1991 yil davlat mustaqilligiga erişgan bölsa, ötgan 34 yil davomida 4 ta davlat bilan ittifoqçilik munosabatlariga kirişdi.

Özbekistonning birinçi ma’muriyati davrida, davlatimiz faqat bitta davlat bilan – Rossiya Federatsiyasi bilan ittifoqçilik kelişuvi imzoladi. Bu kelişuv – 2005 yilning noyabr oyida imzolandi. Rossiya Federatsiyasi bilan imzolangan bu ittifoqçilik munosabati, murakkab siyosiy va geosiyosiy kontekstga ega. 2005 yil may oyida Andijon şahrida bölib ötgan voqealardan söng, Ğarb davlatlari, Yevropa Ittifoqi bu voqealarni xalqaro tergov qilişga çaqirgan edi. Mana şu fonda Özbekiston Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bilan jiddiy yaqinlaşadi, va 14 noyabrga kelib, Moskvada ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi kelişuv imzolanadi. Rossiya bilan ittifoqçilik – prezident Karimov boşqaruvi davrida örnatilgan yagona ittifoqçilik munosabatlari böldi.

2016 yilda hokimiyat özgargaç, Özbekiston “ittifoqçilik” tuşunçasini mutlaq boşqaça talqin qilib boşladi. Bu tuşunçaga taktik emas, haqiqatda strategik ma’no-mazmun berdi, mintaqaviy va turkiy özlik mezoni orqali qaray boşladi.