Toşkent şahri hokimligi «Bir xonadonga 3 qopdan çiqindi limiti qöyilibdi» mazmunida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asosiz ekanini ma’lum qildi.

«Bugungi kunda Toşkent şahrida maişiy çiqindilarni yiğiş va olib ketiş böyiça heç qanday çeklovlar örnatilmagan. Aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uçun çiqindilarni töplaş va olib çiqiş böyiça xizmatlar odatdagidek davom etmoqda», — deyiladi xabarda.

Hokimlik aholidan tekşirilmagan ma’lumotlarga işonmaslikni, faktçekingdan foydalanişni söragan. Buning uçun işonçli va rasmiy axborot manbalari yetarli ekanini eslatib ötgan.

Uşbu xizmatlar yuzasidan savollar yoki fikrlar bölsa quyidagi raqamlarga 71- 247−02−11, 71- 247−79−21 yoki @maxsustrans_support Telegram guruhiga murojaat qiliş mumkin.