Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 5 martdagi 142-sonli qaroriga köra, Namangan viloyatidagi Pop ixtisoslaştirilgan örmon xöjaligi (766,53 gektar), Toşkent viloyatidagi Ohangaron davlat örmon xöjaligi (8101,85 gektar), Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Burçmulla davlat örmon xöjaligi (23 991,51 gektar) hududlari «Çotqol» davlat biosfera qöriqxonasining qöriqlanma zonasiga kiritildi.
«Oqtoğ-Tomdi» davlat qöriqxonasining qöriqlanma zonasi esa Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi Tomdi davlat örmon xöjaligi (6200 gektar) va Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi (22 300 gektar) hududidan iborat böldi.
Bu qaror davlat qöriqxonalari hududidagi tabiiy majmualarga xöjalik faoliyati salbiy ta’sirining oldini oliş, noyob hamda yöqolib ketiş xavfi ostida turgan ösimlik va hayvonlar turlarini saqlab qoliş hamda köpaytiriş, bioxilma-xillikni asraşga xizmat qiladi.

















