Nufuzli tadqiqotlarga köra, Toyota va Lexus uzoq vaqtdan beri eng işonçli avtomobil işlab çiqaruvçilari bölib kelgan. Biroq endi «toj»ni Yaponiyaning boşqa brendi egalladi.
Consumer Repors eng işonçli avtomobillar işlab çiqaruvçilari nomini e’lon qildi. Tadqiqot 2000 yildan 2025 yilgaça bölgan davrda 300 mingdan ortiq transport vositalarining nosozligi bilan boğliq ma’lumotlarga asoslangan.
Yangi reyting tuzişda mutaxassislar sönggi 12 oylik davrda buzilib qolgan avtomobillar haqidagi barça ma’lumotlarni hisobga olgan. Nosozliklar qançalik jiddiy ekanligiga qarab, 100 balldan baho berildi. Şunday qilib, eng işonçli avtomobillarni işlab çiqaruvçilar aniqlandi.
Birinçi örinni Yaponiyaning Subaru avtokonserni egalladi va sönggi yillarda ilk marotaba Toyota va Lexus brendlaridan özib ketdi. Umuman olganda, eng işonçli avtobrendlar reytingining yuqori 6 ta poğonasini yapon zavodlari egalladi. Chevrolet 16-örinda qayd etildi.
Avtomobil işlab çiqaruvçilari orasida işonçlilik reytingi:
- Subaru - 68 ball
- Lexus - 65
- Toyota - 62
- Honda - 59
- Acura - 55
- Mazda - 55
- Audi - 54
- BMW - 53
- Kia - 51
- Hyundai - 50
- Buick - 48
- Nissan - 48
- Ford - 44
- Genesis - 40
- Volvo - 38
- Chevrolet - 37
- Tesla - 36
- Volkswagen - 34
- Jeep - 33
- GMC - 33
- Cadillac - 27
- Rivian - 14
Subaru avtokonsernlar orasida yangi yetakçiga aylandi. Mutaxassislarning fikriga köra, Forester va Impreza modellari işonçlilik reytinglari örtaçadan sezilarli darajada yuqori. Crosstrek, Legacy, Outback va Ascent ham işonçliligini isbotlagan.
«Subaru avtomobillarida juda köp işonçli komponentlar mavjud. Subaru avtomobilni qayta loyihalaştirganda, özgarişlarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiradi va işonçli tizimlarni saqlab qoladi. Bu yangi muammolar paydo böliş xavfini kamaytiradi», dedi Consumer Repors kompaniyasi avtomobil ma’lumotlari tahlili kuratori Stiven Elek.

















