Suriya mudofaa vazirligi 10 mart kuni «Suriyaning sohil hududida ağdarilgan rejim qoldiqlariga qarşi harbiy amaliyot» yakunlanganini e’lon qildi.
Qurbonlar soni haqida hali töliq ma’lumotlar yöq va ular yaqin orada paydo bölişi dargumon. Suriya inson huquqlariga rioya etilişini monitoring qiliş markazi ma’lumotlariga köra, 6-9 mart kunlari hukumat ta’siridagi kuçlar 39 ta ommaviy va köplab individual qatllarni amalga oşirib, jami kamida 973 kişini öldirgan. Ikkala tomondan ham jangovar yöqotişlarni hisobga olgan holda, hujjatlaştirilgan qurbonlarning umumiy soni 1454 nafarni taşkil etadi – ammo bu faqat dastlabki ma’lumotlar bölib, qurbonlar soni yana ortişi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar, Telegram va Whatsapp’dagi guruhlarda tarqalişda davom etayotgan köplab videolarga köra, halok bölganlar va yaralanganlar asosan yoş va örta yoşdagi erkaklardir.
Ommaviy qotilliklar Suriya sobiq prezidenti Başar Asad mansub bölgan alaviylar kötargan qözğoloniga javoban boşlandi. Ğarbdagi köplab siyosatçilar va ommaviy axborot vositalari ularni «Asadlar tarafdorlari» deb atamoqda va ularning qatl qilinişi qandaydir «mavhum kuçlar»ga boğlanmoqda. Unisi ham, bunisi ham qisman tuşunarli. Asadlar hukmronligi davrida alaviylar jamoasi, uning ayrim vakillari tuzumga qanday munosabatda bölişidan qat’i nazar, imtiyozli holatda edi. Asadlar hokimiyatdan ağdarilgaç, ular kamsitilgan ozçilikka aylandilar – bu ham alohida alaviylarning yangi hokimiyatga bölgan şaxsiy munosabatidan qat’i nazar.
Ommaviy qatllarni uyuştirgani aytilayotgan «mavhum kuçlar»ga kelsak, Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’a boşçiligidagi ötiş davri hukumatining öziga xos alibisi bor. Eski xavfsizlik kuçlari tarqatib yuborildi, yangilari şakllaniş jarayonida. Suriyada köplab qurolli guruhlar mavjud. Ularning ba’zilari allaqaçon yangi xavfsizlik kuçlariga qöşilgan; boşqalari yöq, garçi ular aş-Şar’a hukumatiga sodiq bölsa-da; uçinçi toifa esa umuman bu hukumatga qarşi.
6 mart kuni alaviy jangarilar Lataqiya va Tartus viloyatlarida yangi rejim kuçlariga hujumlar uyuştirgani ma’lum bölgaç, köplab guruhlar ularga qarşi kuraşga otlandi. Ular orasida ötiş davri hukumati vakillari va «köngilli yordamçilar»ni farqlaş deyarli imkonsiz: ikkalasi ham asosan sunniy jangarilar, fuqarolar uruşi faxriylari bölib, ularda yagona farqlovçi belgilar yöq.
















