«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi
Abdulhamid ota Rahimberdiyev 73 yoshda. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Eskiarab qishlog‘idan. Otaxon o‘rik gulini yaxshi ko‘rgani uchun 6 sotixli issiqxonasiga o‘rik ko‘chatini qadagan. Vodiyda odatda o‘rik Toshkent shahri va vohaga nisbatan kechroq gullaydi, ammo Abdulhamid otaning «issiq bog‘i»da o‘riklar fevral oyidayoq gullay boshlagan. Bog‘bon Kun.uz muxbiri bilan suhbatda issiqxonasi haqida gapirib berdi.
Oltiariqliklar dehqonchilik hadisini olgan. Bir yilda tomorqadan 3,4 martagacha hosil olishga ulgurishadi. Bahor, rediska, ko‘kat, chesnok hosili bilan boshlanib bodring va uzumga ulanib ketadi.
Abdulhamid ota oilasi ham asosan tomorqasida ko‘kat, bodring, uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 3 yil avval 6 sotix maydonda issiqxona tashkil etib o‘rik ekildi. O‘riklar fevral oyidayoq gulladi. Ayni paytda gulini to‘kdi ham.

«Issiqxonaga 130 tup o‘rik ko‘chatlari ekilgan. O‘rik gulini yaxshi ko‘raman. Qishdan chiqib ko‘klamda birinchilardan bo‘lib oppoq gullarni ko‘rish uchun ham issiqxonaga atay o‘riklar ekkanmiz. Vodiy sharoitida ayni shu kunlarda bodomlar endi gullashga keldi. Janub viloyatlaridan ko‘ra ancha ilgani hosil beradi bu o‘riklarimiz.
Bizning o‘riklarimiz esa fevral oyidayoq gullab gulini to‘kishga ulgurdi. Qishdan chiqib bahorni sog‘inib chiqqan odamlar, yaqinlarimiz, qo‘shnilar bularni tomosha qilib bahri dili ochilyapti.
O‘rik gulini boshqalardan erta ko‘rish uchun ham issiqxona tashkil qilib, ularga atay o‘rik ekkan edik. Mana endi ko‘zlarimiz quvnab o‘tiribmiz.
Eskiarabliklar juda mirishkor xalq. Har yili uzum, bodringdan yaxshigina daromad olamiz. Chesnoklarni sotib bo‘ldik.
Endi navbat pomidor ko‘chatlariga. Pomidor ko‘chatlarni sotib bo‘lib bodring, ko‘katlarga o‘tamiz. Bir so‘z bilan aytganda tinmaymiz.
Yerning har bir qarichidan unumli foydalanamiz», – deydi Abdulhamid ota Rahimberdiyev.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
Jamiyat | 21:51
-
TikTok o‘smirlar uchun cheklovlarni joriy etmoqda
Jahon | 21:50
-
13 mart yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:32
-
Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi
Jahon | 21:28
Mavzuga oid

17:57 / 07.03.2025
“Bir qo‘lda ishlashimni ko‘rib hayron qolishadi” – Toshkentni ko‘rmagan oqbo‘yralik dehqon ona hikoyasi

10:45 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxonalar aniqlandi

08:23 / 13.02.2025
Dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan 103 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi

11:26 / 26.01.2025