Davlat rahbarlari köp qirrali Özbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalarini yuzma-yuz va delegatsiyalar iştirokida atrofliça muhokama qildi.
Ikki mamlakat yetakçilarining 2023 yil noyabr oyida Samarqand şahrida ötgan uçraşuvi davomida erişilgan kelişuvlar amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Turli darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. Ötgan yilda tovar ayirboşlaş hajmi ilk bor 1 milliard yevrodan oşdi, qöşma korxonalar soni 4 barobar köpaydi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, Fransiyaning yetakçi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga ustuvor ahamiyat qaratildi.
«Bu galgi sammitga yangi Innovatsiya va sanoat şerikligi dasturi tayyorlangan. Muhim mineral xomaşyo resurslarini qazib oliş va qayta işlaş, energetika, infratuzilmani rivojlantiriş, transport va boşqa tarmoqlarda umumiy qiymati 6,5 milliard yevrolik qöşma loyihalarni ilgari suriş közda tutilgan. Umuman, qöşma loyihalar portfeli 12 milliard yevrodan ziyodni taşkil etmoqda», — deyiladi xabarda.

Şavkat Mirziyoyev uzoq muddatli kooperatsiya aloqalarini yölga qöyişga kömaklaşiş maqsadida Özbekiston-Fransiya investitsiya kengaşini ta’sis etiş va uning birinçi yiğilişini joriy yil iyun oyida Toşkent investitsiya forumi doirasida ötkazişni taklif etdi.
Hududlararo aloqalarni rağbatlantiriş maqsadida kelgusi yilda Samarqand şahrida ikki mamlakat hududlarining birinçi forumini ötkazişga kelişib olindi.
Yetakçilar gumanitar yönalişdagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratdi. Parij şahrida Savitskiy muzeyi töplamidagi avangard asarlar körgazmasini taşkil etiş, madaniy yodgorliklarni saqlaş va restavratsiya qiliş böyiça hamkorlik uçun Özbekistonda Fransiya merosi instituti vakolatxonasini oçiş rejalari qöllab-quvvatlandi.
Joriy yilda Toşkent şahrida Fransiyadan tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda Özbekiston-Fransiya universiteti oçilişi ta’lim sohasidagi asosiy kelişuv bölgani ta’kidlandi. Fransuz tili öqituvçilarini tayyorlaş sohasida ham samarali hamkorlik davom ettiriladi.


















