Ijtimoiy tarmoqlarda Qöqon şahrida tez tibbiy yordam maşinasi köçat ortib yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi Respublika tez tibbiy yordam markazi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, 2025 yil 13 mart kuni Qöqon şahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegişli tibbiy yordam avtomaşinasida haydovçi Ğ.A. özboşimçalik bilan daraxt köçatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlangan.

Poliklinikada holat yuzasidan Qöqon şahar tibbiyot birlaşmasi mas’ullari iştirokida tanqidiy yiğiliş ötkazilgan. Unda haydovçi Ğ.A. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Şuningdek, poliklinika boş şifokori F.M.ga öz xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşgani, avtomaşinalardan unumli va samarali foydalaniş çoralarini köriş böyiça haydovçilar örtasida yetarli darajada yöriqnoma ötkazib, tuşuntiriş işlarini olib bormagani uçun xayfsan intizomiy jazosi berilgan.