Özbekistonda uy-joy narxlari qimmatlaşişi sekinlaşgan. Xususan, 2022 yilda nominal narxlar respublika böyiça örtaça 23,6 foiz (dollar hisobida) ösgan bölsa, 2024 yilda narxlar oşişi 6,2 foizni taşkil etgan. Hisob-kitoblarga köra, Toşkent şahrida 2025 yil 1 yanvar holatiga xonadon narxi 11,2 yillik tölanadigan ijara haqiga teng.
Özbekistonda 2019-2021 yillarda uy-joy bozoridagi faollik keskin oşişi kuzatilgan bölsa, 2022 yildan boşlab faollik barqarorlaşiş fazasiga öta boşlagan. Xususan, 2019-2021 yillarda şartnomalar soni yiliga 10 foizdan yuqoriroq ösgan. 2022 yilda ösiş 3,8 foiz va 2023 yilda 5,7 foizga tuşgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillarida keltirilgan.
2024 yilda röyxatdan ötgan uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 2023 yilga nisbatan 5,8 foizga pasayib, jami 256,6 ming donani taşkil etgan.


2025 yil uçun kutilmalar
2025 yilda ham uy-joy bozorida talab va taklifni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan işlar davom ettirilişi közda tutilgan. Xususan, 2025 yilda 120 ming xonadonli köp qavatli uylar qurilişi rejalaştirilgan bölib, uy-joy dasturlarini moliyalaştirişga budjetdan 15,5 trln söm, banklar tomonidan qöşimça 10 trln söm yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Uy-joy narxlari
2022-2024 yillarda uy-joy narxlari özgarişining tahlili körsatişiça, ötgan 2 yilda narxlar ösişi sekinlaşmoqda. Misol uçun, 2022 yilda nominal uy-joy narxlari respublika böyiça örtaça 23,6 foiz (dollar hisobida) ösgan bölsa, 2024 yilda narxlar ösişi 6,2 foizni taşkil etgan.

Xuddi şunday trendni real narxlar ösişida ham kuzatiş mumkin. 2022 yilda real narx ösişi 14,6 foizdan 2023 yilda 18,5 foizga kötarilgan bölsa, 2024 yilda real narxlar ösişi asosan nominal narx ösişidagi pasayişi natijasida keskin tuşib, 1 foiz bölgan.






















