Jahon | 13:42
2614
2 daqiqa o‘qiladi

Husiychilar Qizil dengizda AQSh aviatashuvchi kemasiga hujum qilinganini bildirdi

AQSh Yamandagi husiychilar pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etmoqda. Husiychilar raketa va uchuvchisiz uchoqlar bilan javob hujumini amalga oshirganini da’vo qilmoqda.

Foto: AP / Scanpix

Yamanning husiychilar guruhi o‘z jangchilari Qizil dengizdagi bir guruh AQSh harbiy kemalariga havo hujumi uyushtirganini da’vo qildi. 16 mart, yakshanba kuni AQShning USS Harry S. Truman aviatashuvchi kemasi va unga hamroh bo‘lgan harbiy kemalarga hujum uyushtirildi, deya xabar bermoqda AFP axborot agentligi husiychilar harbiy qanoti vakili Yahyo Sariya bayonotiga tayanib.

Husiychilarning aytishicha, hujumda 18 ta raketa va bitta dron ishlatilgan. Biroq, guruh bayonotida kemalarga berilgan zarbalar muvaffaqiyatli o‘tgani haqida ma’lumot berilmagan. Reuters axborot manbalariga tayanib, Amerika samolyotlari 11 ta dronni urib tushirganini xabar qildi. Husiychilar tomonidan uchirilgan raketa havoda portladi va Yaman hududiy suvlariga quladi.

AFP xabariga ko‘ra, aviatashuvchi kemaga ehtimoliy hujumdan oldin, Isroil va Hamas guruhi o‘zaro kelishuvga erishgan 19 yanvardan buyon mintaqada hech qanday harbiy amaliyot o‘tkazilmagan edi. Biroq 11 mart kuni ular Isroil kemalariga yana hujumlar uyushtirish bilan tahdid qilishdi, chunki Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini kiritishni to‘xtatdi.

Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

Yamanda husiychilar Isroilga G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish uchun bergan muddat tugaganidan keyin Isroil bilan bog‘liq kemalarga hujumlarni qayta boshlash bilan tahdid qilishdi. Bu haqda 12 mart kuni AFP agentligi yozgan.

Agentlik tomonidan keltirilgan isyonchilar bayonotida ular Qizil va Arab dengizlari, Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi va Adan ko‘rfazida «barcha Isroil kemalarining o‘tishiga taqiq»ni yangilash niyatida ekani aytiladi.

Mavzuga oid

E`lonlar

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti