Kolumbiya senati prezidentning mehnat islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini blokladi
Prezident va uning islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun minglab odamlar Bogota ko‘chalariga chiqdi.

Foto: Reuters
Kolumbiya senati prezident Gustavo Petro tomonidan taklif etilgan mehnat islohotiga oid qonun loyihasini blokladi. Sog‘liqni saqlash va mehnatga oid qonun loyihasi, jumladan, xodimlar maoshini oshirishni nazarda tutgan bo‘lib, u prezidentning saylovoldi kampaniyasi davomida e’lon qilgan ijtimoiy islohotlar dasturining bir qismi edi. Biroq u hokimiyatda ikki yarim yil bo‘lishiga qaramay, bu islohotlarni amalga oshira olmadi.
Reuters agentligining xabar berishicha, qonun loyihasi 14 senatordan iborat qo‘mitaning aksariyati unga qarshi ovoz berganidan so‘ng rad etilgan.
Senat qo‘mitasi yig‘ilishi bilan bir vaqtda Kolumbiyada prezident va uning islohotlarini qo‘llab-quvvatlovchi minglab odamlar ishtirokida namoyishlar bo‘lib o‘tgan. The City Paper Bogot nashrining yozishicha, faqat poytaxtning o‘zida 40 mingga yaqin odam ko‘chalarga chiqqan.
Kolumbiya yetakchisining o‘zi Bogota bosh maydonida o‘z tarafdorlari qarshisida 30 daqiqalik chiqish qilib, qonun chiqaruvchilar, biznes yetakchilari va Bogota meri Karlos Fernando Galanni keskin tandiq qilgan. Gustavo Petro hukumat mamlakatda plebissit (xalq ovoz berishining bir turi) o‘tkazishni talab qilishini va fuqarolarga sog‘liqni saqlash hamda mehnatga oid qonunlar bo‘yicha ovoz berish imkoniyati taqdim etilishini ta’kidladi.
Gustavo Petroning Kolumbiyada ijtimoiy ta’minot tizimi va mehnat qonunlarini qayta ko‘rib chiqish uchun urinishlari qonunchilik hamda sud organlari tomonidan bir necha bor bloklangan. Oxirgi marta mehnat islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi senat qo‘mitasi tomonidan 2023 yilda rad etilgan. Petro islohotlarning to‘xtatilishida bir necha bor nufuzli biznes doiralarini ayblagan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi
Jahon | 02:00
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
Mavzuga oid

22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi

00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:20 / 29.01.2025
Kolumbiya AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni o‘z samolyotlarida va kishansiz qaytardi

18:52 / 27.01.2025