Moskvada yangi turar joy binolarini hindistonlik ishchilar qurishni boshladi
Rossiya ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hindlar orqali hal etishga urinmoqda. Ta’kidlanishicha, ularning aksariyati rus tilini deyarli bilmaydi, muloqotni yo‘lga qo‘yishda esa «sun’iy intellekt»dan foydalanilyapti.

Foto: Getty images
Rossiyada developerlar qurilishlarda kadrlar yetishmayotgani sabab Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan ishchilarni yollashni boshladi. «Samolyot» davlat kompaniyasi operatsion direktori Aleksey Akindinovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya test rejimida Hindistondan ishchilar olib kelishni yo‘lga qo‘ygan.
Qayd etilishicha, uzoq xorij davlatlaridan ishchilarni olib kelish Markaziy Osiyo davlatlari kadrlaridan arzonga tushmoqda.
Akindinovning ta’kidlashicha, gap past malakali kadrlar — turli ishlarni bajaruvchi ishchilar haqida ketmoqda. Ularning aksariyati rus tilini deyarli bilmaydi, biroq muloqotni yo‘lga qo‘yishda «sun’iy intellekt» yordam bermoqda. U Rossiya biznesini kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etishda faqat Markaziy Osiyoga tayanishdan voz kechishga va «bu muammoni hal qilishga imkon beradigan har qanday usullardan» foydalanishga chaqirdi.
«Nega biz Hindiston, Pokiston, Afrika bozoriga kirib ko‘rmasligimiz kerak? Ko‘pchilik u yerdan ishchilar olib kelayotganini bilaman. Yaqinda qora tanlilar turar joy majmualarida rep aytayotgani aks etgan videolar tarqaldi... Menimcha, bu yangi haqiqat», – deya xulosa qildi Akindinov.
Yanvar oyida Milliy quruvchilar uyushmasi prezidenti Anton Glushkov Hindistondan kelayotgan mehnat muhojirlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishchi kuchi o‘zining arzonligi bilan developerlar uchun jozibador hisoblanadi. Shuningdek, Rossiya kompaniyalari hind ishchilari bilan ishlash tajribasiga unchalik ega bo‘lmasa-da, ularni yuqori malaka talab qilmaydigan obektlarga faol jalb qilmoqda.
Oldinroq Rossiya Myanma, Xitoy, Vetnam, Hindiston, Turkiya va Afrika davlatlaridan mehnat migrantlarini jalb qilishni boshlagandi. Shuningdek, Rossiya kompaniyalari Keniya, Zimbabve, Kamerun, Zambiya, Jazoir, Serra-Leone va Markaziy Afrika Respublikasidan ishchilarni yollashga urinmoqda.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 mln dollar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:24
-
Isroil Rafahda janglarni qayta boshladi
Jahon | 08:51
-
O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 08:33
-
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 08:10
Mavzuga oid

22:06 / 20.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasining Ukrainadagi yo‘qotishlari 900 ming kishiga yetdi

21:54 / 20.03.2025
Yevroittifoq Rossiya aktivlarini musodara qilish muhokamasini to‘xtatdi

20:30 / 20.03.2025
Kreml: Rossiya va AQSh 24 mart kuni g‘alla bitimini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

10:51 / 20.03.2025