Jizzax şahrida insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Jizzax viloyati YHXB hodisa haqida qisqa va notöliq ma’lumot berdi.  

Ma’lum qilinişiça, YTH joriy yilning 18 mart kuni Jizzax şahri Nurliobod mahallasi hududidan ötuvçi xalqaro ahamiyatga ega bölgan A-376 “Qöqon-Jizzax” avtomobil yölining 151-kilometrida sodir bölgan. Harakatlanib kelayotgan yuk maşinasi özi bilan bir yönalişda oldinda çapga buriliş uçun töxtab turgan Lacetti va qarama-qarşi yönalişda kelayotgan mikroavtobus bilan töqnaşgan. Mikroavtobusda yölovçilar bölgan.

Suriştiruvlar davomida yuk maşinasi haydovçisi Jizzax viloyatidagi “Nurli tölqin” MÇJ haydovçisi ekanligi aniqlangan.

Jizzax viloyati YHXB avariyada halok bölganlar soni va jarohat olganlarning holati haqida ma’lumot bermagan.

 ZörTV'ning “Bu kun” dasturida ma’lum qilinişiça, YTH oqibatida 1 kişi voqea joyida halok bölgan. 15 kişi turli jarohatlar bilan şifoxonaga olib borilgan. Şulardan 2 kişi körsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Şifokor jarohatlanganlarning ahvoli stabil oğir ekanligini ta’kidlagan.