O‘zbekiston | 16:31 / 20.03.2025
1189
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda birinchi marta Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi o‘tkaziladi

Unda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan delegatlar ishtirok etadi.

Markaziy Osiyo tarixida birinchi marta Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning 5-9 aprel kunlari Tashkent City hududidagi Kongress-xoll majmuasida o‘tkaziladigan mazkur anjumanda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig‘ilishning asosiy mavzusi «Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati» bo‘lib, unda kambag‘allikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani qo‘llab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Assambleya so‘ngida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2017 yilda Parlamentlararo ittifoq a’zoligiga qabul qilingan edi.

Mavzuga oid

E`lonlar