Jizzax viloyatida kam quvvatli atom elektr stansiyasini quriş loyihasiga Fransiya kompaniyalarini jalb qiliş imkoniyati körib çiqilyapti. Bu haqda Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmadxöjayev Le Figaro naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Uşbu loyiha uçun Fransiya, albatta, eng yaxşi yeçim va yordamni taklif qilişi mumkin. Biz texnik hamkor sifatida Assystem’ni, şuningdek, Bureau Veritas (mutaxassislar tayyorlaş uçun) va elektr stansiyalarini texnik boşqariş uçun yaxşi yeçimlarni taklif etuvçi Framatome kabi bir qança fransuz kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qilmoqdamiz»,— degan «Özatom» rahbari.
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovning ta’kidlaşiça, Fransiya kompaniyalari Özbekistonga nafaqat investor, balki texnologik hamkor sifatida ham qiziqiş bildirmoqda. Mahalliy bozor uçun mutaxassislar tayyorlaş masalasi ham muhokama qilingan.
«Biz haqiqatan ham texnik mutaxassislarni tayyorlaşimiz, ularni kompaniyalarimizning bu yerdagi işi uçun talab qilinadigan könikmalar va usullarga örgatişimiz kerak», — degan Fransiya va Özbekiston Iqtisodiy palatasi prezidenti Joanna Golas.
Özbekistonda qayta tiklanadigan energetika faol rivojlanmoqda va 2030 yilga borib energiya balansidagi qayta tiklanuvçi energiya uluşini 16 foizdan 54 foizgaça oşiriş rejalaştirilgan.
Total Energies kompaniyasi Samarqand viloyatida 131 MVt quvvatga ega quyoş elektr stansiyasini işga tuşirdi, Voltalia esa Xorazmda 100 MVt quvvatga ega Sarimay Solar stansiyasini qurişni boşladi. U 2025 yilda işga tuşirilişi kutilmoqda.
Avvalroq, Özbekistonda atom energetikasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş, jumladan, Jizzax viloyatida kiçik atom elektr stansiyasini quriş böyiça xalqaro konsorsium taşkil etişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.


















