Deutsche Welle naşrining xabar berişiça, tadqiqot davomida Yevropa va Dubayda işlab çiqarilgan olti turdagi şokolad tahlil qilingan va ularning tarkibida nafaqat past sifatli, balki soğliqqa zararli moddalar ham aniqlandi.
Fond mutaxassislari 7 yevrodan 25 yevrogaça bölgan narxdagi şokoladlarni laboratoriyada örganib çiqişdi. Şulardan ikkita namuna Dubaydan, biri Turkiyadan, biri Niderlandiyadan va ikkitasi Germaniyada işlab çiqarilgan. Tekşiruv natijalari 18 mart kuni e’lon qilindi.
Kanserogenlar va zamburuğ izlari
Tahlillar davomida Dubayda işlab çiqarilgan şokoladlarda inson organizmi uçun xavfli bölgan moddalar — 3-monoklorpropandiol va glitsidil efirlari aniqlandi. Bu moddalar odatda rafinatsiya qilingan palma moyi tarkibida uçraydi va ehtimoliy kanserogen hisoblanadi.
Bundan taşqari, pistadan tayyorlangan bir namunada aflatoksinlar — moğor zamburuğidan paydo böladigan xavfli moddalar aniqlangan. Ularning jiddiy xatarli oqibatlarga olib kelmaydi, lekin «e’tiborga loyiq holat, çunki bunday moddalar yuqori sifat va’dasiga mutlaqo töğri kelmaydi», — deyiladi xulosada.
Tarkibda asosan şakar va moy
Dubay uslubidagi şokoladlarning boşqa namunasida xavfli moddalar kuzatilmagan bölsa-da, ular kulinariya nuqtayi nazardan heç qanday öziga xoslikka ega emas. Ta’rifga köra, faqat bitta — BAAda işlab çiqarilgan şokoladda pistaning aniq ta’mi sezilgan. Qolgan beşta şokoladda esa faqat oddiy yonğoqli ta’m bor.
Ayni paytda, şokolad tarkibi asosan şakar va ösimlik moyidan iborat bölib çiqdi. Ba’zi mahsulotlarda hatto aromatizatorlar va rang beruvçi moddalar ham bor. Şu bilan birga, ogohlantiriş yorliqlari va allergenlar haqidagi ma’lumot törtta holatda umuman körsatilmagan.
Sifat talablariga javob bermaydi
Tekşiruvçilarning xulosasiga köra, «Dubay şokoladi» atrofidagi şov-şuv va eyforiyaning asosi yöq. Ular klassik pistali şokoladni bunday şirinlik örniga arzon va xavfsizroq muqobil sifatida tavsiya etişadi.
Agar kimda kim aynan Dubayça uslubdagi şirinlikni istasa, mutaxassislar uni uy şaroitida tayyorlaşni taklif qilişmoqda. Internetda uşbu retseptlar köp: kerak böladigan masalliklar — şokolad, «farişta soçi» (şarq şirinliklari dökonlarida sotiladi), moy, kunjut pastasi va pista kremi.

















