Ğarb davlatlari Ukraina çegaralariga ikkita tinçlikparvar kontingentini yuborişni rejalaştirmoqda, deb yozdi Italiyaning La Repubblica naşri.

Birinçi kontingent Hindiston, Indoneziya, Braziliya va Saudiya Arabistoni askarlaridan iborat bölişi mumkin va ularni Rossiya bilan Ukraina çegarasiga joylaştiriş rejalaştirilgan. Ikkinçi kontingentga «ixtiyoriy koalitsiya» harbiy xizmatçilari kiradi va rejaga köra, ular Ukrainaning Polşa, Bolgariya, Slovakiya va ehtimol Vengriya bilan ğarbiy çegarasi böylab joylaştiriladi.

Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Kanada va Italiya Ukrainaning ğarbiy çegaralarini nazorat qilişni rejalaştirmoqda, deb yozdi gazeta. Naşrning ta’kidlaşiça, agar AQŞ tinçlikparvar kuçlarni yuborsa, qöllab-quvvatlaş va moddiy-texnik ta’minotga tayyor böladi. Moskva va Kiyev örtasida sulh tuzilsa, «kafolat rejasi» amalga oşiriladi.

Rossiya va Ukraina çegarasiga Osiyo va Janubiy Amerikadan tinçlikparvar kuçlarni jönatiş niyati Rossiyaning Ukrainada NATO qöşinlari bölişini xohlamasligi bilan boğliq, deb yozdi naşr. Bu haqda 12 mart kuni Şimoliy Atlantika alyansi vakillari iştirok etişini Rossiya uçun tahdid deb atagan taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov aytib ötdi. Biroq keyinroq Rossiya TIV uçinçi davlat qurolli kuçlarining Ukrainaga istalgan bayroq ostida joylaştirilişi uşbu davlatlarning Rossiya bilan mojaroda bevosita iştiroki sifatida baholanişini ma’lum qildi.