Xitoy Kiyev va Moskva örtasida ehtimoliy tinçlik kelişuvini ta’minlaş uçun Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni yuboriş masalasini muhokama qilayotgan Ğarb davlatlari guruhi – «köngillilar koalitsiyasi»ga («coalition of the willing») qöşiliş imkoniyatini körib çiqayotgan bölişi mumkin.

Germaniyadagi Die Welt naşri xabariga köra, Bryusseldagi xitoylik diplomatlar Yevropa Ittifoqi rasmiylariga XXR harbiylari Ukrainadagi tinçlikparvar kuçlarga qöşilişi mumkinmi, degan savol bilan murojaat qilgan. Bu haqda naşrga Yevropa Ittifoqining muhokama bilan taniş bölgan  diplomatlari ma’lum qildi.

Die Welt manbalari ta’kidlaşiça, Xitoyning bunday koalitsiyadagi iştiroki Rossiyani Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni kiritişga rozi bölişga undaşi mumkin, çunki avvalroq Moskva öt oçişni töxtatgan taqdirda Ukrainada har qanday xorijiy qöşinlarni joylaştiriş taklifini qat’iyan rad etgan edi. «Biroq, har qanday holatda ham bu „nozik“ masala», – deb yozadi naşr.

Ukrainada Xitoy harbiylarini joylaştiriş taklifini Vaşingtondagilar qöllab-quvvatlaşi mumkin. The Economist fevral oyida AQŞ rasmiylari Ukrainadagi tinçlikparvar kontingentga nafaqat Yevropa, balki uçinçi davlatlar, jumladan, Xitoy va Braziliya harbiylari ham kirişi kerak, deb hisoblaşini yozgandi.

Fransiya bilan birgalikda «köngillilar koalitsiyasi»ni boşqarayotgan Buyuk Britaniya hukumati unda 30 ga yaqin davlat u yoki bu şaklda iştirok etişini kutmoqda. Oxir-oqibat koalitsiyaga qança davlat qöşilişi va ular qanday vazifalarni bajarişi hali aniq emas. Buyuk Britaniya Ukraina havo hududini qöriqlaş uçun öz qiruvçi samolyotlarini yuborişiga ruxsat bergan.

The Telegraph gazetasi yozişiça, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir vaqtning özida Yevropa qöşinlariga muqobil ravişda Ukrainaga BMT tinçlikparvar kuçlarini yuboriş imkoniyatini örganmoqda. Makron bu mavzuni 20 mart kuni Yevropa kengaşi sammitida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan muhokama qilgandi. Şu bilan birga, BMT tinçlikparvar kuçlarini yuborişni taşkilot Xavfsizlik Kengaşi ma’qullaşi talab etiladi, bunga esa birinçi navbatda Rossiya, şuningdek AQŞ qarşi çiqişi mumkin.