AQSh Erondan yadro dasturidan butunlay voz kechishni talab qildi
Vashington Eron yadro dasturidan voz kechmasa, «oqibatlar» bilan tahdid qilmoqda.

Foto: AP
Qo‘shma Shtatlar Eronning yadro dasturidan butunlay voz kechishiga erishmoqchi, dedi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts.
Eron o‘z dasturidan voz kechishi kerak va buni butun dunyo ko‘rishi kerak, aks holda «oqibatlar bo‘ladi», dedi Uolts CBS News telekanalida.
«Agar Eron yadro quroliga ega bo‘lganida, butun Yaqin Sharq qurollanish poygasi bilan mashg‘ul bo‘lardi», dedi u.
Uolts shuningdek, ikki davlat o‘rtasida diplomatiya uchun imkoniyatlar hali ham mavjudligini ta’kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yetakchisi Ali Xomanaiyga maktub yo‘llagani va Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv tuzishni afzal ko‘rishini ta’kidlagani haqida xabar berildi.
«Agar Eron muzokara qilmasa, bu juda yomon bo‘ladi. Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak. Boshqa variantlar ham bor», dedi Amerika rahbari.
Bunga javoban, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy Tehron bosim ostida AQSh bilan muzokara olib borish niyatida emasligini ta’kidladi.
Mavzuga oid

01:09
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi

22:25 / 14.05.2025
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

20:40 / 14.05.2025