Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari kiçik serjant Alişox Abdullayev va III-darajali serjant Şohrux Jovqaşev 17–20 mart kunlari Missisipi ştati «Camp Shelby» harbiy-öquv bazasida bölib ötgan «Eng ilğor jangçi–2025» musobaqasida iştirok etdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş va maxsus bölinmalarda xizmat qiliş nufuzini oşiriş kabi maqsadlarda taşkil etilgan musobaqada özbekistonlik harbiylar AQŞ Milliy gvardiyasi Maxsus bölinmalari harbiy xizmatçilari bilan kuç sinaşgan.

«Musobaqa davomida harbiy xizmatçilarimiz yakka tarkibda jismoniy tayyorgarlik sinovlari (6 ta maşqni öz içiga olgan Fitnes test), jismoniy va ruhiy zöriqiş yölagidan ötiş, tunda 15 kilometr masofaga oriyentrlaş, 15 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofaga marş yuguriş, jangovar va umumiy tayyorgarlik böyiça test sinovlari, inşo yoziş (harbiy hamkorlik mavzusida 500 tadan kam bölmagan söz), artilleriya olovini boşqariş, AQŞ namunasidagi öqotar qurollarni notöliq qismlarga yoyiş, yiğiş va jangovar holatga keltiriş, şuningdek, ulardan turli usul va şaroitlarda öq otiş, tibbiy tayyorgarlik, ommaviy qirğin qurollaridan himoyalaniş, kutilmagan (syurpriz) maşqlar kabi şartlarni muvaffaqiyatli bajardi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Jumladan, özbekistonlik harbiylar jamoaviy bahs — 15 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofaga marş yuguriş şartini 1 soat 50 daqiqa içida bajardi. Şuningdek, yakka tartibdagi bahslarda III-darajali serjant Jovqaşev Şohrux 3 kilometr 219 metr masofani 11 minut 18 soniyada bosib ötgan bölsa, kiçik serjant Abdullayev Alişox 250 metr masofaga yuguriş davomida majmuaviy maşqlarni 1 daqiqa 18 soniyada bajarib, 5 kilogramm oğirlikdagi koptokni 12,3 metr masofaga uloqtirdi. Vazirlikka köra, mazkur şartlarning barçasida harbiy xizmatçilar musobaqa rekordini yangilagan.
Yakunda özbekistonlik harbiy xizmatçilar musobaqaning maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

















