Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek, Yaşnobod, Çilonzor, Uçtepa tumanlari va qisman Yunusobod tumanida 25-27 mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga çidamliligi sinovdan ötkaziladi. Şu sababli soat 9:00 dan 18:00 gaça issiq suv ta’minoti vaqtinça töxtatiladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
Jumladan:
25 martda – Mirzo Uluğbek, Yaşnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToşGRES mikrorayoni): Mustaqillik maydoni, Mirzo Uluğbek, Buyuk ipak yöli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqörğon, Ötkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Böz, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Çust, Katta Şarxon, Katta Şarxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrohim Möminov, Niyozbek yöli, Kiçik xalka yöli, Katta xalka yöli, Dörmon yöli, Şahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Boğişamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalanğoç mavzesi, Taşselmaş, Mavlono Riyoziy, 1-Böz, 2-Böz köçalari, ToşGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toşkent davlat agrar universiteti hududi.
26 martda – Çilonzor va Uçtepa tumanlari: Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Çöpon ota, Boğiböston, Kiçik xalka yöli, Naqqoşlik, Dömbrobod, 4-y proyezd Dömbrobad, Serquyoş, Ösmir, Taxiatoş, Şirin, Maqsud Şayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Şarq, Guliston köçalari Çilanzor mavzesi (5–12, G9A, 16–20, 24–26, S, 20A kvartallar).
27 martda – Mirzo-Ulugbek tumani: Mirzo Uluğbek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirişkor, Şukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Dörmon yöli köçalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelari.
Qayd qilinişiça, sinovlar kelasi isitiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida ötkazilmoqda. Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda şikastlanişlar yuz berişi, issiq suv yöllar va trotuarlarga çiqib ketişi mumkin.

















