Kun.uz'ga Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan 32-maktab o‘qituvchilaridan murojaat kelib tushdi. Unda 1983 yil qurib ishga tushirilgan maktab binosi hozir abgor holatga kelib qolgani haqida so‘z boradi.

Taqdim etilgan suratlardan binoning fasadi, eshik-derazalari xizmat muddatini o‘tab bo‘lgani ko‘rinadi. Maktabning faqat isitish tizimi yangi, qolgan aksariyat jihozlar eskirib ketgan.

Qurilganiga 40 yildan oshgan, lekin haligacha biror marta rekonstruksiya qilinmagan maktabning holatini yaxshilash uchun mahalla ahli “Tashabbusli budjet”dan umid qilgan, lekin yetarlicha ovoz to‘play olishmagan.

3 050 ta ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kirita olmadik. “Maslahattepa” MFYda jami 2 500 ovoz bera oladigan aholi mavjud, barcha o‘qituvchilarning qarindoshlari orqali 3 050 ovoz yig‘ildi, bu ovoz bilan yutishning imkoni bo‘lmadi. Bizning murojaatimizga mutasaddilar o‘z munosabatini bildirishini so‘rab, murojaat qilyapmiz”, – deyiladi murojaatda.

Kun.uz yuqoridagi holat, qolaversa, sovet davrida qurilib, haligacha ta’mirlanmagan maktablar soni va taqdiri yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yubordi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Shahrixondagi 32-maktab 620 o‘quv o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 791 nafar o‘quvchi 1,3 koeffitsiyentda tahsil olyapti, ularga 62 nafar pedagog dars bermoqda.

Maktab 2004 yilda davlat umummilliy dasturi doirasida mukammal ta’mirlanib, to‘liq o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. 2016/17 yillar kuz-qish mavsumi davomida maktabda mahalliy budjet hisobidan yangi isitish qozonlari o‘rnatilgan, isitish tizimlari yangilangan.

Maktab infratuzilmasi, o‘quv xonalari hamda jihozlari ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib,