AQŞ Federal tergov byurosi (FBI) «Tolibon» hukumati içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniyni qölga olganlik uçun beriladigan 10 million dollar mukofotni bekor qildi. Biroq, uning ismi-şarifi «global terrorçi» sifatida qidiruvga berilgan şaxslar röyxatidan öçirilmadi, deb xabar berdi afğon matbuoti.

AQŞ Davlat departamenti bir neça kun avval Sirojiddin Haqqoniy va «Haqqoniy» tarmoğining yana ikki yuqori martabali rahbari Abdulaziz Haqqoniy bilan Yahyo Haqqoniyni «Adolat uçun mukofot» dasturi doirasida qidiruvdagilar röyxatidan olib taşlagan edi.

Şu bilan birga, Davlat departamenti Sirojiddin Haqqoniy va «Haqqoniy» tarmoğining yana ikki a’zosi hamon Qöşma Ştatlar tomonidan xalqaro terrorçilar deb hisoblanişi, «Haqqoniy» tarmoğining özi esa terrorçi taşkilot sifatida tan olinişini ma’lum qildi.

«Tolibon» içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy harakatdagi Haybatullo Oxundzodadan keyingi ikkinçi nufuzli şaxs sanaladi. U, şuningdek, «Tolibon» içidagi «Haqqoniy» tarmoğini ham boşqaradi.

«Tolibon» a’zolari AQŞ qidiruv röyxatidan çiqarilgani va ularning qölga olinişi uçun va’da qilingan mukofotlar bekor etilgani haqida birinçi bölib «Tolibon» vakillarining özlari xabar bergan. 21 mart kuni toliblar Jorj Holsman ismli AQŞ fuqarosini qamoqdan ozod qildi. Bundan taşqari, bir neça kun oldin Amerika delegatsiyasi Kobulda «Tolibon»ning ayrim vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.

Sirojiddin Haqqoniy 2008 yilda Qöşma Ştatlar tomonidan «global terrorçi» deb topilgan va uning aktivlari muzlatilgan. Qöşma Ştatlar Haqqoniyni Amerika qöşinlariga qarşi önlab hujumlarni uyuştirganlikda, jumladan 2008 yil yanvarida Kobuldagi Serena mehmonxonasiga AQŞ fuqarosi ölimiga sabab bölgan hujumda aybladi.

Qöşma Ştatlar uni qölga oliş yoki hibsga oliş yoki oila a’zolarini hibsga olişda yordam beriş uçun 5 million dollardan 10 million dollargaça mukofot va’da qilgan edi.