2025 yil bahorgi-yozgi mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahrining bir qancha tumanlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti rejali to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ xabar berdi.

Jumladan, 7 aprel 09.00 dan 8 aprel 09.00 gacha: Suv bo‘lmaydi:Uchtepa tumani bo‘yicha: Chilonzor 12-mavze 7a-sonli ko‘p qavatli uy, Milliy bank binosi, Chilonzor 15-mavze 14-sonli ko‘p qavatli uy va diplomatlar uylari, O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, Chilonzor 21 va 22-mavzelardagi ko‘p qavatli uylar, Chilonzor 23 mavzesi, Chilonzor 24-mavzesi.

7 aprel 23.00 dan 8 aprel 06.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: Mirzo Ulug‘bektumani bo‘yicha: «Chingeldi» mahallasida.

8 aprel 09.00 dan 9 aprel 09.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: Yunusobod tumani bo‘yicha: Gulyor, Tiklanish hamda Xamkorobod tor ko‘chalari bilan birga, 60-sonli oilaviy poliklinikada.

8 aprel 21.00 dan 9 aprel 06.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: Olmazor tumani bo‘yicha:«Ibrohim ota»mahallasida.

9 aprel 09.00 dan 10 aprel 21.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: 1) Sergeli tumani bo‘yicha: Sergeli-2, 5, 5a, 6, 6a, 7, 7a, 8, 8a, Quruvchi mavzelarida, «Pepsi» zavodi, «Ko‘hna Qumariq», «Nomdanak», «Qorasuv», «Taraqqiyot», «Sadoqat», «Daryobo‘yi», «Fayzli», «Eski Jaloir», «Qipchoq», «O‘zgarish», «Xabibiy», «Mehrigiyo», «Ziynat», «Ezgulik», «Madadkor», «Ittifoq», «Nilufar», «Yangi Bunyodobod», «Asrobod», «Nog‘oyqo‘rg‘on», «Qubaytepa», «Bel ariq», «Sug‘diyona», «Qumariq», «Qo‘shqo‘rg‘on» mahallalarida.

2) Yangihayot tumani bo‘yicha: «Tashabbus», «Yangi Umid», «Yangihayot», «Oriyat», «Marhamat», «Gulshanobod», «Yangi turmush», «Yangi Darxon», «Navqiron», «Mash’al», «Zarbdor», «Do‘stlik», «Charog‘on», «Humo», «Olchazor», «Xushnud», «Charbog‘», «Yorqin hayot» mahallalarida.

9 aprel 09.00 dan 10 aprel 09.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: Sergeli tumani bo‘yicha: Quruvchi mavzesi, «Daryobo‘yi» mahallasida.

10 aprel 09.00 dan 10 aprel 23.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: Shayxontohur tumani bo‘yicha: «Xuvaydo» mahalla, 2a, 4a-sonli ko‘p qavatli uylarda, 45-sonli oilaviy poliklinikada.

14 aprel 23.00 dan 15 aprel 06.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: Yashnobod tumani bo‘yicha: « Al-Buhoriy» mahallasi Tuzel mavzedagi 80a, b, v-sonli ko‘p qavatli uylarida.

14 aprel 09.00 dan 15 aprel 09.00 gacha: Suv bo‘lmaydi: Uchtepa tumani bo‘yicha:«Katta Cho‘pon ota» mahallasida.