M-25 gaz konida vodorod sulfidi otilishi yuz berdi
Energetika vazirligiga ko‘ra, nazorat ostidagi otilish hodisasi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida quduq yoqib qo‘yilgan.

Foto: Kun.uz
Joriy yilning 27 mart kuni M-25 gaz konidagi 202-sonli quduqda vodorod sulfidining nazorat ostidagi otilishi yuz berdi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida quduq yoqib qo‘yilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining brigadasi yetib borgan.
Ishlarni tashkil etish maqsadida Energetika vazirligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan maxsus shtab vakillari ham hodisa joyiga yetib kelgan.
Bildirilishicha, ayni paytda kerakli barcha chora-tadbirlar zarur texnika hamda uskunalardan foydalanilgan holda olib borilmoqda. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan choralar ko‘rilmoqda.
Alohida ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan mazkur holat aholi va yaqin atrofdagi hududlarga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan to‘liq nazorat ostiga olingan.
Hozirgi vaqtda ushbu vaziyat hamda yong‘inning kelib chiqishi sabablari o‘rganilmoqda.
2024 yil 1 sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan Mustaqillikning 25 yilligi konining "Ko‘lqamish" MFY hududida joylashgan 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlari olib borilayotgan paytda texnologik jarayonning buzilishi oqibatida vodorod sulfid gazi chiqish holati boshlangandi.
2024 yil 17 sentabr kuni yana 604-sonli quduqning yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib chiqish holati qayd etilganligi ma’lum qilindi. Voqea natijasida 4 kishi vafot etgan, 11 kishi jarohatlangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 49 mlrd dollardan oshdi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajati vaucher asosida qoplab beriladi
O‘zbekiston | 13:33
-
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
Jahon | 13:32
-
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi
Jahon | 13:29
Mavzuga oid

14:06 / 05.05.2025
M25 konida ulkan gaz favvorasi yuzaga keldi

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

20:40 / 29.03.2025