Özbekistonda «Leapmotor» brendiga tegişli yengil avtomobillarni sertifikatlaş vaqtinça töxtatildi. Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi sertifikatsiyalaş organlariga ogohlantiriş xati yuborgan.

Hujjatda keltirilişiça, çeklov qöyilişiga «Leapmotor S16» avtomobilida aniqlangan kamçilik sabab sifatida keltirilgan.

«EURO PROF TEST MÇJning 2025 yil 28 martdagi 28/03-son xati bilan «Leapmotor» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan M1 toifadagi «Leapmotor» tovar belgili «S16» rusumli (VIN raqami LFZ93AN96RD091431) yengil transport vositasini muvofiqligini baholaş natijasida, reglamentning 3-ilova 44-bandida belgilangan talabga nomuvofiqligi aniqlanganligi ma’lum qilingan.

Mazkur nomuvofiqlik avtotransport vositasidan foydanalişda uning elektronikasi yoki boşqa qurilmalaridan foydalanişda muammolarga, ayrim hollarda tegişli tizimlarning işdan çiqişiga olib keladi», deyiladi xatda.

Agentlik iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş maqsadida aniqlangan nomuvofiqlik Leapmotor kompaniyasi tomonidan bartaraf etilgunga qadar, M1 toifadagi «Leapmotor» tovar belgili avtotransport vositalarini sertifikatlaştiriş yuzasidan arizalarni qabul qiliş töxtatilişini bildirgan.

Avvalroq, import avtomobillar sinovdan ötkazilayotgan Piskent tumanidagi laboratoriya uçun navbatlar uzayib borayotgani xabar qilingandi. Bojxona sohasidagi blogerlarga köra, elektron navbat oliş tungi soat 00:00 da oçilyapti va 1 daqiqaga bormasdan, joylar tölib qolyapti.