Toşkent viloyati Piskent tumanidagi avtomobil laboratoriyasiga navbatlar uzayib bormoqda.

Laboratoriyaning quvvati mavjud talabdan bir neça barobarga kamligi sabab, şunday bölişi avvaldan ma’lum edi.

Import qilingan avtomobillar 2024 yil 1 noyabrdan beri bojxona hududida emas, Piskentdagi avtopoligonda texnik sinovlardan ötkazilmoqda. Bu yerda import avtomobillar uçun elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi ham joriy etilgan.

Laboratoriyaga navbatlar noyabr oyidayoq yuzaga kelgan va e’tirozlarga sabab böla boşlagandi. Natijada rasmiylar navbat olişni elektron şaklga ötkazdi, ammo hammaga körinib turgan va tanqidlarga sabab bölayotgan navbatlarni közdan panadagi bojxona omborlariga köçiriş ham yetarli samara bermagan körinadi.

26 mart kuni Telegram'dagi “RASTAMOJKA” kanali Piskent poligonidagi navbatlar ajiotajga aylanganini yozdi. “Navbat oliş soat 00:00 da oçilib, 1-2 daqiqaga bormasdan tugab qolar ekan”, degan kanal muallifi bu holatni Cobalt uçun onlayn şartnoma olişdagi ajiotajga öxşatdi.

“Bir avtomaşina egasi 10 aprel kuniga navbat olganiga döppisini osmonga otib xursand... Şunça kutganiga 10 mln söm xarajat xam qilib beradi. Agar maygaça sertifikat ololmay qolsa, yana 2500 dollar qöşimça xarajat xam qiladi.

Avtomonopollar niyatiga yetdi deb hisoblasak ham böladi. Bunda Texnik jihatdan tartibga soliş agentligining örni beqiyos”, – deb yozgan muallif.

Autodeklarant kanalining yozişiça, 27 mart kuni holatiga 12 aprelgaça bölgan navbatlar tölib bölgan. Keçki 00:00 dan oçilgan navbatlar 20 sekundda tugab ketgan.

“Bekor qilinglar bu zamon talablariga mos kelmaydigan tekşirişlarni. Işlab çiqariş rivojlangan davlatlarning avtomobillarini tekşirib qança sifatsiz avtomobil aniqlay olişdi bular şu vaqt oraliğida?! Nega bir turdagi avtomobilllarni qayta-qayta tekşirişadi, Özbekistonga birinçi olib kirilganida tekşirib, qolganlari uçun şu tekşiruv natijasi amal qilsa bölmaydi?

Texnik tartibga soliş agentligi özbek xalqi uçun ikkinçi avtozavoddek böldi, çunki uşbu taşkilot ham xalqning öz mulkiga egaligini oylab kuttirişga majbur qilmoqda”, – deya yozgan bojxonada deklaratsiyalaş bilan şuğullanuvçi bloger.

Rasmiy munosabat

Texnik tartibga soliş agentligi huzuridagi UzTest markazi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Markaz öz bayonotida Piskentdagi elektromagnit moslaşuvçanlik laboratoriyasi kuniga 100-120 ta avtomobil sinovini ötkaziş imkoniyatiga egaligini tasdiqlagan. Qayd etilişiça, laboratoriya 24/7 rejimda işlayapti, şu jumladan, bayram kunlarida ham işlaşda davom etadi.

“Hozirgi vaqtda korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida M1 toifadagi transport vositalarining muvofiqligini baholaşga navbat oliş Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşirilmoqda. Elektron navbat mijozga qulay vaqt uçun QR-kod qöyilgan tartibda şakllanadi va buning uçun Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) yoki elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalaniladi.

Joriy yil 20-25 mart kunlari elektron navbat oliş tizimiga ayrim IP manzillardan töxtovsiz juda köp sörovlar jönatiş, sun’iy ravişda tizimda yuklamani oşiriş va elektron navbatlarni egallaş harakatlari kuzatildi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

Ta’kidlanişiça, hozirda navbat oliş elektron tizimini takomillaştirilib, himoya vositalari joriy qilinyapti. Ayni paytda tizimning faoliyati test rejimida işlayapti.

UzTest OAVda tarqalgan narxlar haqidagi ma’lumotlarni asossiz deb atab, sertifikatlaş uçun körsatilayotgan xizmatlarning rasmiy narxlarini keltirdi:

  • elektromobil uçun – 4 479 888 söm;
  • gibrid, benzin va dizel yoqilğisidagi yengil avtomobillar uçun – 5 599 888 söm.

“Mazkur belgilangan narxlarga qöşimça tarzda pul talab qiliş holatlari kuzatilgan taqdirda, Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligining 1880 qisqa raqamiga töğridan töğri murojaat qilişingizni sörab qolamiz”, – deyiladi Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) bayonotida.

Avtomobil importi keskin qisqargan

Ötgan yili avtomobil importiga kiritilgan bir qator notarif çeklovlar ortidan, avtomobillar importi keskin qisqarib ketdi.

Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida 17 404 ta yengil avtomobil import qilingan bölsa, 2025 yilning dastlabki ikki oyida bu körsatkiç 4369 taga tuşib qolgan (kuniga örtaça 74 tadan). Kamayiş – 4 barobar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi örganişlariga köra, xorijdan olib kelingan yengil avtomobillarning birlamçi bozorida sotuvlar fevral oyida yanvardagiga qaraganda 2 barobardan köproqqa tuşib ketgan.

Bozorni oldinda yana bir zarba kutyapti: 1 maydan elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi keskin oşiriladi