Soliq qömitasi raisi birinçi örinbosari Mubin Mirzayevga köra, Özbekistonda san’atkorlardan soliq undiriş mexanizmi işlab çiqilmoqda. San’atkorlarga 2025 va 2026 yillarda daromadlar deklaratsiyasini töğrilab topşiriş böyiça imkoniyat beriladi. 2027 yil 1 yanvardan san’atkorlar öz daromadlarini töliq körsatmasa yoki soliqlardan qoçsa, soliq nazorati tekşiruvlari ötkaziliş orqali soliqlar majburiy undirilişi nazarda tutilmoqda.

2027 yil 1 yanvardan boşlab san’atkorlardan daromad soliği majburiy tartibda undirilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

Mubin Mirzayevga köra, ayni paytda Özbekistonda san’atkorlardan soliq undiriş mexanizmi işlab çiqilmoqda.

“San’atkorlar, qöşiqçilar amaldagi tartib böyiça deklaratsiya töldirişi va öz daromadlarini körsatişi kerak. Şu asosda soliqqa tortilişi lozim. Juda köp san’atkorlar bunga rioya qilmayapti, öz daromadlarini töliq deklaratsiyalamayapti. Şu sabab ulardan soliq undirilmayapti.

Hozir xufiyona iqtisodiyotga qarşi kuraşiş doirasida qaror loyihasini tayyorlayapmiz. San’atkorlarga 2025 va 2026 yillarda daromadlar deklaratsiyasini töğrilab, topşiriş böyiça imkoniyat beriladi. Ya’ni kamçiliklari bölsa, körsatib, töğrilaşga yordamlaşyapmiz. 2027 yil 1 yanvardan boşlab agar ular öz daromadlarini töliq körsatmasa yoki soliqlardan qoçsa, biz soliq nazorati tekşiruvlari ötkazib, soliqlarni hisoblaymiz va undiramiz”, dedi qömita raisining birinçi örinbosari.

Qöşimça qilinişiça, Özbekistonda 18 mln nafardan ortiq jismoniy şaxslar daromadga ega va ularning barçasi soliq tölaşi kerak. Bugungi kunda respublikada tölanmagan faol soliq qarzdorligi 8,5 trln sömga teng.

Oldinroq Xitoyning Temu marketpleysi Özbekistonda 46 mlrd söm soliq tölaşi kerakligi xabar qilingandi.