Belgiya do‘konlarida tamaki mahsulotlarini ko‘zga tashlanadigan joyga qo‘yish taqiqlandi
Shuningdek, endi maydoni 400 metr kvadratdan katta supermarket va do‘konlarda tamaki mahsulotlarini sotish mumkin emas.

Foto: Getty images
Belgiyada kuchga kirgan yangi qonunga ko‘ra, mamlakatdagi do‘konlarda tamaki mahsulotlarini ko‘zga ko‘rinarli joyga qo‘yish taqiqlandi, deb xabar beradi Euronews.
Shuningdek, yangi qonunga muvofiq 400 metr kvadratdan katta maydonga ega supermarket va do‘konlarda tamaki mahsulotlarini sotish butunlay taqiqlandi.
Ushbu chora-tadbirlar tamaki chekishni butunlay yo‘q qilish rejasining bir qismi hisoblanadi. Ular sigareta va boshqa qaram qiluvchi mahsulotlarning ko‘rinishini cheklash orqali impulsiv xaridlarni kamaytirish va tamakiga qarshi kurashishga qaratilgan.
Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri Frank Vandenbryuk rahbarligida 1 yanvardan boshlab bir martalik elektron sigaretalarni taqiqlash dasturi amalga oshirilmoqda. «Maqsadimiz — 2040 yilga borib avlodni tamakidan xoli qilishdir. Bundan buyon tamaki yoki veyplarni vitrinaga, ya’ni do‘konning ko‘rinadigan joyiga qo‘yish taqiqlanadi. Bu ularni sotib olishni taqiqlash degani emas. Xarid qilish uchun sotuvchidan so‘rash kerak bo‘ladi», — deydi Vandenbryuk.
Chakana savdogarlarga bundan buyon tamaki mahsulotlari bilan qanday muomala qilish to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar yoki materiallar berilmagan. Har bir do‘kon tamakini ko‘rinarli joyga qo‘yishni taqiqlash muammosini hal qilish uchun o‘z yechimini topishga majbur bo‘lmoqda — qo‘lda yasalgan plastik pardalardan tortib, ochilganda avtomatik ravishda yoritiladigan murakkab javonlargacha.
Mavzuga oid

12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi

00:31 / 27.02.2025
Xitoylik hakerlar Belgiya maxsus xizmatlari ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan - OAV

23:07 / 30.01.2025
Belgiya texnik nosozlik sabab o‘z havo hududini yopdi

16:19 / 27.01.2025