BAA vakillari safar davomida Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektorlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Bölib ötgan uçraşuvlarda oliy ta’lim jabhasida akademik aloqalarni yanada jadallaştiriş istiqbollari körib çiqildi. Iqtisodiyot va IT texnologiyalar sohalarida hamkorlik qiliş, tilşunoslik yönalişida talabalar almaşinuvi dasturlarini yölga qöşiş, birgalikda ma’ruzalar va seminarlar taşkil qiliş töğrisida kelişuvlarga erişildi.
"Al-Qosimiya" universiteti delegatsiyasi, şuningdek, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bölib, mazkur hududlardagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan muloqot qildi.
Tomonlar Arab tili ta’limi va madaniyati markazini oçiş, arab tili öqituvçilarining malakalarini oşiriş, Buxorodagi madaniy meros obektlarini saqlaş böyiça loyihalarni moliyalaştiriş kabi yönalişlarda hamkorlik qilişga ahdlaşib oldilar.













