Barça sakkiz sudya impiçment uçun ovoz berdi. Uni hokimiyatdan çetlatiş uçun ulardan kamida olti nafarining ovozi kerak edi. Xususan, sudyalar harbiy holatni joriy etiş uçun qonuniy asoslar yöq degan xulosaga keldi. Konstitutsiya buni faqat uruş, qurolli mojaro yoki boşqa milliy favqulodda vaziyatlarda amalga oşirişga ruxsat beradi. Sudyalar Yun Sok Yol parlamentga harbiy xizmatçilarni yuborib, qonunni buzgan, deb qaror qildi. Sud Yun Sok Yol harbiylardan siyosiy maqsadlarda foydalangan degan xulosaga keldi.

Sudyalarning aytişiça, endi sobiq prezident konstitutsiyani himoya qila olmagan. Ular parlament faoliyatini taqiqlaşni öz içiga olgan harbiy holat töğrisidagi farmon Janubiy Koreya fuqarolarining asosiy huquqlarini buzganini aytdi.

2024 yil 3 dekabrda Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Öşanda davlat rahbari televideniye orqali xalqqa murojaatida muxolifatni Şimoliy Koreya yordamida konstitutsiyaviy tuzumga putur yetkazişga urinişda va uning parlament ustidan nazoratidan foydalanişda aybladi. 14 dekabr kuni parlament Yun Sok Yolga impiçment e’lon qildi. 31 dekabr kuni Seul Ğarbiy okrug sudi tergov söroviga köra Yun Sok Yolni harbiy holat joriy etiş va isyon kötarişga uriniş işida hibsga oliş uçun order berdi. 15 yanvar kuni isyonda ayblangan prezident hibsga olindi. 7 mart kuni u hibsdan ozod qilindi.