Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Hodisa oqibatida uy egasi shifoxonaga yotqizilgan. Uning turmush o‘rtog‘i va 3 nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etgan. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Foto: Kun.uz
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida is gazidan zaharlanish holati kuzatildi. Hodisa oqibatida vafot etganlar bor. Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni Kun.uz’ga tasdiqladi hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini bildirdi.
Hodisa 2 aprel kuni tongda, soat 6:35 larda Qo‘qon shahrining Qaymoqli guzar mahallasida sodir bo‘lgan. Mahalla raisi Sirojiddin Mingboyevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, er-xotin va ularning 3 farzandi bir xonada uxlagan.
Hodisa oqibatida uy egasi, 1991 yilda tug‘ilgan O.A. shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning 1992 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A., 7 va 1 yoshli o‘g‘illari hamda 6 yoshli qizi vafot etgan.
Hozirda hodisa sabablari ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Avvalroq Qarshi shahridagi xonadonda erkak va uning uch farzandi vafot etgandi. Sud-tibbiyot ekspertizasi marhumlarning o‘limi “is gazidan o‘tkir zaharlanishdan” kelib chiqqanini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj

22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi

12:43 / 24.04.2025