“Şu ketiş bölsa, soha öladi” - avtomobil importçisi va avtodeklarant bilan suhbat
|23:02 / 05.04.202528 26510 min
Özbekistonga import qilingan avtomobillarni texnik sinovdan ötkaziş uçun navbat oliş ajiotajga aylanib ketdi. Kun.uz jarayon qanday keçayotgani, tadbirkorlar qanaqa muammolarga duç kelayotgani haqida importyor va avtodeklarant tadbirkorlar bilan suhbatlaşdi.
Import avtomobillar 2024 yil noyabrdan boşlab bojxona hududida emas, Piskentdagi avtopoligon hududida qurilgan laboratoriyada texnik sinovlardan ötkazilmoqda. Bu yerda import avtomobillar uçun elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi ham joriy etilgan. Bu tekşiruvlardan ötmagan avtomobillarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi.
Laboratoriyaga navbatlar noyabr oyidayoq yuzaga kelgan, natijada mas’ullar navbat olişni elektron şaklga ötkazib qöygandi. Lekin tabiiyki, bu bilan navbatlar kamaygani yöq. My.gov.uz portalida navbat oliş har kuni tungi soat 00:00 da, faqatgina ikki haftadan keyingi kun uçun oçilyapti va bir daqiqaga bormasdan tugab ketyapti. Kimning omadi kelsa, navbat oladi, ololmaganlar esa ertasi kuni yarim tunda yana urinib körişi kerak.
Aslida bunday navbat yuzaga kelişi avvaldan ma’lum edi. Çunki Piskentdagi sinov markazi kuniga 100-120 tagaça avtomobilni tekşira oladi. Bu – kunlik talabdan sezilarli kam.
Kun.uz vaziyat yuzasidan “King Motors” avtosaloni asosçisi, importçi tadbirkor Xurşid Mahamadov va “Autodeklarant” kanali muallifi Azizbek Berdiyev bilan suhbatlaşdi.
“1,5 minutda nimani tekşirişadi?”
Azizbek Berdiyev: 15-20 kunlik navbatlar paydo bölgan. Avvallari ham boşqa joylarda maşinalarni texnik körikdan ötkazişardi va bu vaqt olmasdi. Hozir limitlar qöyilgan. My.gov.uz orqali siz navbat olmoqçi bölsangiz, masalan, ertalab 8:00 dan 8:15 gaça navbat beradi. Ya’ni avtomobilingiz 15 minut oraliğida tekşiriladi deb aytişadi. Lekin siz soat 8 ga borsangiz, siz bilan birga 10 ta avtomobilni kirgizişadi. Bu 10 ta avtomobil 15 minutda tekşiruvdan ötganini anglatadi.
Menda videolar bor, 10 minutda 15 ta avtomobil tekşiriladi. Savol: bir yarim minutda bitta avtomobil tekşirilayotgan bölsa, nimani tekşirişadi ular?
Mavzuga oid
Ularning asosiy vajlari nima bölyapti – avtomobillar xavfsizligini tekşiramiz, deyişyapti. Lixiang, Zeekr'lar – dunyo tan olgan brendlar-ku.
“Hozir tayyor maşina umuman yöq”
Xurşid Mahamadov: Poligonda bir neça marta böldim. Boşidagi navbatlar juda ham uzun edi, hamma özi olib borişi kerak edi. Keyin tartiblar ozgina özgardi, faqatgina evakuator orqali yuboriş kerak böldi, unda ham navbat köpayib ketdi. Juda ham çözilib ketdi, 10, 15, 20 kunlarga çözilgandan keyin, yana özgarişlar kiritib, endi oçildi. Endi hamma yana özi olib borişi mumkin, lekin my.gov.uz orqali navbat oliş juda ham muammo bölyapti.
Tadbirkorlik uçun muammo bölyapti, çunki xaridorlar kelib, tezroq maşina olişni xohlaydi. Hamma tezroq maşina sotib olişni istaydi, lekin hozirda tayyor maşina umuman yöq. Kimdir sotib olişni xohlasa, maşina töliq holatda uning ixtiyoriga ötişi uçun 15-20 kun kerak bölmoqda.
Içkariga kiriş mumkin emas. Sizning maşinangizni olib kirib ketişadi va keyin qaytarib berişadi. Sinov taxminan 10-15 minut davom etadi.
Bitta avtomobilni sinovdan ötkazib, xuddi şu modeldagi boşqa avtomobillarga oddiygina ruxsat berişsa, yaxşiroq bölardi. Şu paytgaça neçta maşina sinovdan ötgan, neçtasi ötmagan, qaysi modelga ötmagan – bizda bunday ma’lumotlar yöq. Testdan ötayotgan maşinalar 100 foiz natija körsatayotgan bölsa, jarayonni osonlaştirişning iloji yöqmi?
Avvallari ham muvofiq sertifikati uçun tekşiruv bölgan, faqat bir xodim maşinani yuzaki tekşirib berardi. Endi esa jarayon qiyinlaşdi, qiyinroq nazorat örnatildi.
Azizbek Berdiyev: Şunaqa amaliyot boşlandimi, hammaga birdek qöllaş kerak. Çetdan keladigan avtomobillar emas, balki işlab çiqaruvçilar ham javobgar bölişi kerak. [Mahalliy] işlab çiqaruvçi zör avtomobil işlab çiqardi deb kim kafolat beradi? Onix işlab çiqarildi, lekin nega ular tekşiruvdan ötmaydi?
Piskentda sinovlar boşlangan ilk kunlarda bitta maşina sinovi 20-30 daqiqa davom etardi. Lekin hozir, oxirgi marta özim borganimda, Zeekr 009 avtomobilini olib borganimizda, 15 daqiqada 10 ta avtomobil tekşirilgan. Buni videosi ham bor. Endi savol paydo böladi: agar 15 daqiqada 10 ta avtomobil tekşirilayotgan bölsa, qolgan navbatlardagi vaqtlar qayoqqa ketyapti? Tuşunyapsizmi? Masalan, soat 8 ga navbat olganman. Ali 8:15 ga, Vali 8:35 ga, Qosimjon 8:45 ga navbat olgan. Törtta avtomobilni ham, beştasiniyam soat 8 dagi navbatga tiqib yuborişyapti.
Maqsad tekşiruv emas, avtomobillar importiga sun’iy çeklov ekanini özi köpçilik bilib turibdi, lekin gapiradigan odam yöq…
“Har kuni yuzlab maşinalar navbat ololmayapti”
Xurşid Mahamadov: UzTest belgilangan miqdordan oşiqça tekşiruv ötkaza olmaydi. Kuniga 300 tadan oşiq maşina deklaratsiya qilinmoqda, UzTest’dan esa kuniga 96 ta navbat berilyapti. Tabiiyki, kuniga kun qöşilişda davom etyapti va har kuni 200 ta maşina ötmay qolyapti.
Işlab çiqarişni taşkil etgan BYD kabilar faqat amologatsiya orqali sinovdan ötadi: bir model ötadi, qolgan ming yoki ikki mingta maşina navbat kutmaydi. Navbatga faqat biz kabi tadbirkorlar yoki jismoniy şaxslarga olib kelingan maşinalar tuşmoqda.
Bu testdan heç kim manfaatdor emas, ya’ni bu tadbirkorlarga zarar keltiryapti, çunki xaridorlar har doim tezlik talab qiladi, tezroq maşinani olişni talab qilişadi. Yoki maşina öz nomida allaqaçon olingan, lekin köçalarda haydab yura olmaydi. YPX xodimlari tomonidan töxtatilib, bu maşinani haydaş mumkin emas, deb taqiqlaniş holatlari böldi. Bu vaziyatda avtosalondan maşina sotib olgan xaridor avtosalonga murojaat qiladi va “sizlar menga sotgansizlar” deydi. U 20 kun davomida olgan maşinasini faqat özi hayday olişi mumkin, boşqa odamga işonçnoma bera olmaydi, bu tomonlaridan xaridorlar har doim norozi. Xaridor norozi bölgandan keyin, hamma tadbirkor ham norozi böladi.
“Sotuvlar 2-3 barobarga kamaygan”
Xurşid Mahamadov: Oldingi holatga – bojxona hududidagi tekşirişga qaytiş kerak. Yoki tekşiruvlarni köpaytirib, kuniga neçta talab bölsa, şunça maşinani bemalol tekşirib berişsin.
Maşina deklaratsiya qilinib, bojxonadan olib çiqildi, lekin unga 10 kun içida davlat raqami taqilmasa, jarimasi bor. Hozirda hamma maşina jarima tölamoqda. 95 ming söm, mayli, lekin tölayapti. Nega? Bu uning aybi emas. 10 kun raqamsiz yurdi va ustiga yana 20 kun navbat bor. Noiloj tölaydi, majbur.
Bozorga juda yomon ta’sir qilyapti bu. Oldinga nisbatan ikki-uç baravar sotuv kamaygan, ya’ni 2024 yilning boşi, 2023 yilning oxirlariga nisbatan, hozirgi ahvolimizda 2-3 baravar sotuv kam.
Hozir nega navbat köpayyapti? 1 maydan oşadigan utilizatsiya yiğimining ham ta’siri bor. Utilizatsiya yiğimi 45 million sömgaça oşirilyapti, hamma tezroq sertifikat olişga şoşilyapti.
BYD rasmiylari utilizatsiya tölamaydi, biz esa utilizatsiya uçun tölov qilişga majburmiz. Demak, tadbirkor bilan rasmiy narxlar tafovuti faqatgina utilizatsiyaning hisobiga ham 45 mln söm farq qiladi.
“Yeçim – tizimdan voz keçişda”
Azizbek Berdiyev: Birinçi yeçim – buni umuman yöqotib taşlaş kerak, çunki yangi tizim tadbirkorlarga faqat zarar beryapti. Agar qaysidir qonun, qaysidir işlab çiqarilgan narsa yoki yangi qöyilgan narsa insonlarga manfaat olib kelmas ekan, u nimaga kerak? Aslida qonunlar insonlarni öylaş uçun çiqarilmaydimi? Insonlar hozir qaysi ahvolda, hamma “zör bölyapti” deb aytyaptimi? Ya’ni bitta yeçim – buni yöqotiş, böldi.
Oldin bu narsa bojxona omborlarida qilingan. Hozir, masalan, Piskentga boriş ham tadbirkorga ança pulga tuşadi. Bitta treyler 1 mln söm yoki 100 dollarga borib keladi. Bojxona omborlarining köpligini hisobga olsak, iş tez bitgan. Hozir butun Özbekistondagi import qiluvçilar faqatgina Piskentga boradi.
“Soha ölib boryapti”
Xurşid Mahamadov: Uzoqni köradigan tadbirkorlar: “Bu soha ölib boryapti, agar şu ketişda davom etilsa, ölib boradi” deyişyapti. Bunga ta’rif yöq boşqaça, çunki kuçli taqiqlar bular, sotişga juda ham xalaqit beradi.
Hozir menga kelayotgan xaridor, masalan, Samarqandda yaşaydi, Qoraqalpoğistonda yaşaydi. U avtomobilni sotib olgandan keyin olib ketadi va navbati kelganda Piskentga olib kelişi kerak. Har bir şaharda testdan ötkazişi uçun şunaqa markazlar qilişsin…