Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 5 aprel kuni soat taxminiy 6:00-11:00 oralig‘ida Chimyon dam olish hududida shimoliy ekspozitsiyadan aralash qor qoplamidan 1 dona qor ko‘chkisi tushgan. Uning hajmi 750 metr kub bo‘lgan.

“Talafot bo‘lmadi va jabrlanganlar yo‘q. Tog‘li hududlarda ob-havoning noqulayligi hamda yog‘ingarchilik bo‘lganligi sababli muddatidan kech berilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zgidromet 8–9 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sabab 8 ta viloyatda sel xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi.