“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJga qarashli Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi ishonchli boshqaruvga berilgan. Bunga “KorpInfo” Telegram-kanali e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, 28 mart kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra, kuzatuv kengashi raisi Sharofiddin Qodirov ishtirokchilarga “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli kompaniya ustav kapitalining 90 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (DABA) o‘tkazilganini ma’lum qilgan.
2025 yil 21 yanvardagi 01/3-57-sonli shartnomaga muvofiq mazkur ulush "Transport Engineering Center" MChJga bir yil muddatga ishonchli boshqaruviga berilgan.
O‘z navbatida, kuzatuv kengashining to‘qqiz nafar a’zosi vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan va quyidagi ko‘rinishdagi yangi tarkib saylangan:
- Mahkamov Ilhom Rustamovich - transport vaziri;
- Qodirov Sharofiddin Tahirovich - “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bosh muhandisi;
- Ismanaliyev Murodjon Tolibjonovich - Transport vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
- Muhammadiyev O‘ktam Sharifovich - DABA bosh mutaxassisi;
- Chebakov Aleksandr Yurevich – "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Ovelyan David Artemovich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Loshmanov Aleksandr Evgeniyevich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Gulyayev Egor Vasilevich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili;
- Lachugin Kirill Alekseevich - "Transport Engineering Center" ishonchli vakili.
"Transport Engineering Center" nomidan kiritilgan 5 nafar a’zo Rossiya fuqarolari bo‘lib, ularning aksariyati “Transmashholding” kompaniyasining top-menejerlari hisoblanadi
Bundan tashqari, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va boshqaruvning sobiq a’zolari korxonaning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi. Yangi a’zolar va "Transport Engineering Center" 20 foiz yoki undan ortiq ulush egasi sifatida ko‘rsatilgan.
"Transport Engineering Center"
















