Microsoft Apple aksiyalari qulaganidan keyin kapitalizatsiyasi böyiça dunyoda birinçi öringa çiqdi. 8 aprel kungi savdolar yakuniga köra, Apple kapitalizatsiyasi 2,59 trillion dollarni taşkil etgan bir vaqtda Microsoftʼning bozor qiymati 2,64 trillion dollarga yetgan.
Savdolar yopilgan paytda Apple aksiyalari qiymati — 172,42 dollar (-4,98 foiz), Microsoftʼniki esa 354,56 dollarni (-0,92 foiz) taşkil etgan. Kapitalizatsiya böyiça uçinçi örinni Nvidia egallagan — 2,35 trillion dollar. Kompaniya aksiyalari 1,37 foizga arzonlaşib, 96,3 dollarni taşkil etgan. Amerika fond bozorida savdolar boşlanişidan oldin uçala kompaniyaning ham kapitalizatsiyasi 3 trillion dollardan oşiq edi.
Jahon moliya bozorining qulaşi AQŞ import bojlarini kengaytirgani hisobiga sodir bölmoqda. 2 aprel kuni prezident Donald Tramp dunyoning köplab davlatlariga nisbatan 10-50 foizli bojlar joriy etilişini e’lon qildi. Ular 9 apreldan kuçga kirmoqda. Şu bilan birga, Tramp Xitoy uçun 104 foizli bojlar joriy etdi.
Trampning tariflaridan IT-kompaniyalar orasida eng köp Apple zarar kördi, çunki kompaniya öz mahsulotlarini işlab çiqarişda asosan Xitoyga boğlangan. Amerika prezidentining qarori fonida iPhone işlab çiqaruvçisining aksiyalari 23 foizga qulagan — bu Apple uçun 2000 yildan beri qayd etilgan eng yomon körsatkiç.
Bloomberğga köra, aksiyalar qiymati tuşayotganiga qaramay, Apple bojlardan qisman foyda ham körişi mumkin. Amerika prezidenti ma’muriyati import bojlari joriy etilişini e’lon qilganidan keyin Apple dökonlarida iPhone sotib olişni xohlovçilardan iborat navbatlar paydo bölgan. Xodimlarning sözlariga köra, xaridorlar narxlarning keskin oşişidan qörqib, «vahimada smartfon sotib olmoqda».
Avvalroq Apple kompaniyasi mart oyi oxirida uç kun içida Hindistondan AQŞga beşta samolyotda iPhone va boşqa gadjetlarni keltirgani ma’lum bölgandi.












