Toşkent şahrining Yangihayot tumanida ikki yuk maşinasi iştirokida YTH sodir böldi. Bu haqda Millar dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 8 aprel kuni erta tongda sodir bölgan. Öşa kuni soat 5:34 da Yangihayot tumani hududida Isuzu maşinasi YTHga uçragani va yonğin kelib çiqqani haqida Toşkent şahar FVBga xabar kelib tuşgan. Soat 5:37 da yonğin qutqaruv ekipajlari manzilga yetib borgan va yonğin 5:40 da öçirilgan.
Guvohlarning sözlariga köra, yonayotgan maşinaga heç kim yaqinlaşa olmagan. Oqibatda undagi ikki kişi maşina içida qolib ketib, halok bölgan.
Oldinroq Jizzaxda yuk maşinasi va mikroavtobus töqnaşişi oqibatida 2 kişi vafot etgani va 13 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

















