YeK rahbari: AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bigtex zarar ko‘radi
Bryussel Tramp bilan tarif muzokaralariga ham, qarshi choralarga ham tayyor, dedi Ursula fon der Lyayyen.

Foto: AP
Yevropa Ittifoqi, agar AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralardan so‘ng ittifoq bilan savdo urushini to‘xtatmasa, Amerikaning yirik texnologiya kompaniyalariga soliq solishga tayyor. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 10 aprel, payshanba kuni chop etilgan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
YeK rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington joriy etgan Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlar bo‘yicha «keng ko‘lamdagi qarshi choralar mavjud». Bunga misol sifatida, raqamli xizmatlar reklamasidan tushadigan daromad solig‘i bo‘lishi mumkin, bu butun Yevropa Ittifoqida qo‘llanadi, deydi Ursula fon der Lyayyen.
YeK rahbari yaqinda Yevropa Ittifoqida yaratilgan «majburlashga qarshi vosita» ACI (Anti Coercion Instrument)ni nazarda tutmoqda. U dastlab Yevropa Ittifoqining iqtisodiy manfaatlarini Amerika texnologiya kompaniyalaridan himoya qilish chorasi sifatida taqdim etilgan. Xususan, ACI ularga soliq solish, Yevropa iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni taqiqlash, intellektual mulk huquqlarini cheklash va boshqa bir qator sanksiyalarni qo‘llash imkonini beradi.
Ba’zi ommaviy axborot vositalari va siyosatchilar paketni «bazuka» deb atashgan va hozirgacha bu qurol ishlatilmagan, deb ta’kidlaydi FT.
Fon der Lyayyenning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Vashington bilan avvalroq Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan 90 kunlik «kechikish» vaqtida tariflar bo‘yicha «to‘liq muvozanatli» kelishuvga erishishni afzal ko‘radi. Biroq, okeanning qarama-qarshi qirg‘og‘idagi hamkorlar «endi status-kvoga qaytmaydi», deb ta’kidladi YeK rahbari.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

21:37 / 17.04.2025
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

17:01 / 17.04.2025
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46 / 17.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?

12:00 / 17.04.2025