Muloqot avvalida boş kotib Kao Kim Xourn Özbekiston taşqi işlar vaziri bilan 2025 yil fevral oyida Jakarta şahrida bölib ötgan uçraşuvni esga oldi hamda bölib ötgan muzokaralarni samarali va juda konstruktiv deb baholaşini bildirdi.

Mazkur uçraşuv natijalari, ASEAN va Özbekiston örtasida samarali siyosiy muloqot hamda köp qirrali hamkorlikni yölga qöyiş uçun mustahkam poydevor bölişi qayd etildi.

"Keyingi yillarda jahon hamjamiyatida, xususan, Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlarida Özbekistonga qiziqiş ortib bormoqda. ASEAN davlatlari respublikani Markaziy Osiyodagi muhim va işonçli hamkor deb biladi", dedi boş kotib Kao Kim Xourn.

Şuningdek, uçraşuvda taşkilot kotibiyati Özbekistonning ASEAN bilan hamkorlikning ilğor modelini yaratiş istagi va keng kölamli sohalarda şeriklikni mustahkamlaşdagi qat’iyati tasdiqlandi.

Özbekiston elçisi Oybek Eşonov bundan avval Indoneziya prezidenti Subianto Prabovoga özining işonç yorliqlarini topşirgan edi.