Marosimning rasmiy qismidan söng bölib ötgan qisqaça suhbatda davlat rahbari Indoneziya Özbekiston bilan döstlik, özaro hurmat va manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan munosabatlarini yuksak qadrlaşini ta’kidladi.
Indoneziya prezidenti, şuningdek, mamlakat hukumatining rasmiy Toşkent bilan siyosiy muloqotni faollaştiriş va köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaşdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda şuningdek, turizm yönalişida ikki tomonlama hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun ulkan zaxiralar va foydalanilmagan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Uçraşuv sönggida prezident Subianto Prabovo Özbekiston prezidentiga samimiy tilaklarni yetkazişni söradi.

















