Ayni vaqtda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazmoqda.
Yiğilişda ma’lum qilinişiça, har yili Andijondan Qirğizistonga 200 million dollarlik eksport amalga oşirilmoqda. Şu sababli, Qörğontepa va Xöjaobodda ham xuddi Afğoniston çegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalari taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlaşgan holda uşbu ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja işlab çiqiş topşirildi.
Yiğilişda Farğona vodiysidagi eng yirik bojxona postlaridan biridagi vaziyatga töxtalib ötildi.
«Xöjaoboddagi «Döstlik» postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, taşuvçilar ham norozi ekaniga e’tibor qaratildi. Mas’ul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini örganib, tez fursatda buning yeçimi böyiça taklif beriş vazifasi qöyildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
«Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy» temiryölini quriş böyiça yirik loyiha işga tuşişi natijasida taşiş muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kilometrga qisqaradi, yuk taşiş 10 barobar oşadi.
«Lekin, içki temiryöl tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qiliş va ötkazişga qançalik tayyor?», — degan davlat rahbari.
Mutasaddilarga bu boradagi hisob-kitoblarni qilib, amalga oşiriladigan işlar böyiça dastur tayyorlaş topşirildi.

















