Kursk va Sumi oblastlari çegarasidagi janglar asta-sekin tin olmoqda. Katta ehtimol bilan, ikki armiya ham allaqaçon qişda Sudja uçun janglarda qatnaşgan bölinmalarini boşqa yönalişlarga ötkaziş bilan maşğul. Donbass markaziy qismida Rossiya kuçlari qayta guruhlaniş jarayonini yakunlagan va bahor-yoz kampaniyasidagi ilk yirik yurişini boşlagan. RF qurolli kuçlari Ukraina qurolli kuçlari mudofaasini Toretsk şahri şimolida yorib ötgan va bir zarba bilan Konstantinovkaga qadar masofaning yarmini bosib ötişga muvaffaq bölgan. Katta ehtimol bilan, Donbass şimolidagi Slovyansk-Kramatorsk aglomeratsiyasini janubdagi hujumlardan tösib turgan uşbu şahar Rossiya yurişining asosiy maqsadlaridan biri böladi.
Kursk oblasti çegarasi
Rossiya qöşini bir neça hafta davom etgan janglardan keyin Sudja janubidagi Guyevo qişloğini Ukraina qurolli kuçlaridan qaytarib oldi. Endi ular çegaragaça Psel daryosi böylab beş kilometr masofani bosib ötişi qolgan. Lekin buni uddalaş oson emas: Sudja harbidagi hududlardan farqli ölaroq (Ukraina qurolli kuçlari bu yerda asosiy ta’minot liniyasi — Sudja — Sumi yölidan foydalana olmay qolgan) — Guyevo atrofida ukrainlar barqaror logistika tizimiga ega. RF qurolli kuçlariga hudud böylab harakatlaniş murakkabligi — Psel böyidagi botqoqliklar va örmonzorlar ham xalal beradi. Ukraina harbiylarining bu yönalişdagi keyingi pozitsiyasi Guyevodan uç kilometr masofadagi Gornalsk monastirda joylaşgan.
Guyevodan ğarbda RF qurolli kuçlari Ukraina çegarasiga, «Sudja» nazorat-ötkaziş punktiga yetib borgan, ammo hozirça bu uçastkada Sumi oblasti hududiga kirişga urinmayapti.
Rossiyaliklarning Sumi oblastidagi platsdarmi yanada ğarbroqda taşkil etilgan. RF qurolli kuçlari Basovka qişloğini öz nazoratiga olgan. Ammo rossiyaliklar hozirça Ukraina qurolli kuçlarining Sudja — Sumi yöli böyidagi Yunakovka qişloğida joylaşgan yirik logistik markaziga yetib bora olmaydi.
Rossiyaning boşqa bir guruhi Guyevodan 20 kilometr şarqda, Belgorod oblasti hududiga mart oyida çegara orqali kirib kelgan ukrain kuçlarini surib taşlaşga urinmoqda. Sönggi haftalar davomida RF qurolli kuçlari Demidovka qişloğining katta qismini qaytarib olişga muvaffaq bölgan.
Çegara hududlarda hozirda davom etayotgan janglarda ikki tomondan ham mart oyi boşida Sudja atrofidagi hal qiluvçi janglarda qatnaşgan bölinmalardan faqat bir neçtasi qolgan. Rossiya tomonda — Kursk oblastida 2024 yil avgustidan buyon bölgan havo-desant kuçlari va dengiz piyodalari qöşilmalari tarkibidan alohida bölinmalar. Xususan, Basovkaga yurişda 76-desant-şturm diviziyasining uçta desant-şturm polklaridan faqat bittasi qatnaşmoqda. Ukraina qurolli kuçlari esa Sudja taşlab çiqilganidan keyin jang maydonidan brigadalar töliq holda olingan; ular ayni vaqtda qayerdaligi noma’lum. Katta ehtimol bilan, RF qurolli kuçlari va Ukraina qurolli kuçlaridagi bölinmalarning asosiy qismi zaxiraga ötkazilgan va keyinroq boşqa yönalişlarda janglarga taşlanadi.


















