Jizzaxda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi uçun birinçi işlab çiqariş binolari qurilişi boşlandi. Bu haqda “Özatom” agentligi xabar berdi.
Bugun, 15 aprel kuni Jizzax tumanida quriliş-montaj bazasini quriş işlari boşlandi.
Bu baza energobloklar qurilişi davridagi muhim infratuzilma obekti bölib, ma’muriy binolar, işlab çiqariş xonalari, omborlar va yirik yiğma korxonalarini öz içiga oladi.
Qurilişga start beriş jarayonida AES qurilişi direksiyasi direktori Otabek Omonov va Rossiyaning “Atomstroyeksport” kompaniyasi vitse prezidenti Pavel Bezrukov iştirok etdi.


Loyihaga tayyorgarlik işlari 2024 yil yozida boşlangan bölib, iyun oyida quriliş böyiça birinçi ştab yiğilişi bölib ötgan, avgustda quruvçilar uçun vaxta yaşaş şaharçasi qurilişi boşlangan. Bu yerda AESdan taşqari, madaniyat, ta’lim va tibbiyot obektlari quriş ham közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Rossiya örtasida 2024 yil 27 mayda imzolangan şartnoma asosida, Jizzax tumanida umumiy quvvati 330 MW bölgan, har biri 55 MW quvvatga ega 6 ta reaktordan iborat kam quvvatli AES qurilişi közda tutilgan.
Stansiya asosini hozirgaça muzyorar kemalarda qöllab kelingan RITM-200 suv-suvli yadro reaktorlarining quruqlikda işlaşga moslaştirilgan RITM-200N versiyasi taşkil etadi. Ammo hozirgaça bu texnologiya yer ustida işlatilmagan.


Boş pudratçi – “Rosatom”ning injyenerlik divizioni bölmiş “Atomstroyeksport” AJ. Qurilişga Özbekiston kompaniyalari, xususan Saneg ham jalb etilişi mumkin. Loyiha qiymati 2 mlrd dollardan oşmasligi, xarajatlar asosan taşqi qarzlar hisobiga bölişi ma’lum qilingan.














